×

Avstraliya: Bakalavriat va magistratura uchun 3 346 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

01.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1945 marta

Avstraliyada joylashgan University of Western Australia va Society for Underwater Technology tashkiloti 2020-21-o‘quv yili uchun The Society for Underwater Technology Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetda oʻqitiladigan Animal Biology, Environmental Systems Engineering, Mechanical Engineering, Plant Biology, Marine Sciences sohalarining bakalavriat va magistratura kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga beriladi. Nomzodlar iqlim oʻzgarishlari muammolari ustida ishlashi kutilmoqda. Grant bir semestrga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga bir semestr davomida 5 000 AUD (taxminan 3 346 USD) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Grant nomzodning kontrakt puli va yashash xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitetda oʻqitiladigan Animal Biology, Environmental Systems Engineering, Mechanical Engineering, Plant Biology, Marine Sciences sohalarining bakalavriat va magistratura kurslaridan biriga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi  lozim. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball talab qilinadi.
  5. Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomiga ega bo‘lishi kerak.
  6. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Animal Biology, Environmental Systems Engineering, Mechanical Engineering, Plant Biology, Marine Sciences sohalarining bakalavriat yoki magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga alohida, grantga alohida ariza berish kerak. Oʻqish va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn – 2020-yil 1-avgustgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing va tanlangan kursga ariza bering.
  4. Keyin esa grantga ariza bering. Buning uchun avval: shu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.
  5. Grantga ariza beradigan nomzdlar Society for Water Technology a’zosi boʻlishi kerak. A’zolik badalini toʻlashga 30 AUD kerak boʻladi.
  6. 1-avgustgacha ariza va kerakli hujjatlarni topshiring.
  7. Oktabr oyida grant tashkilotchisi nomzodlar bilan suhbat oʻtkazadi.
  8. 7-noyabrda natijalar e’lon qilinadi.
  9. Grantga oid savollar yuzasidan Fiona Allanga perth@sut.org manzili orqali murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
  • Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi. Diplomi Avstraliyada qabul qilingan standartlarga mos kelmagan nomzodlardan foundation year diplomi yoki 1 yil bakalavrda oʻqianlik haqida hujjat soʻralishi mumkin.
  • Diplom ilovasi/baholar. Baholar 86-100% a’lo boʻlishi lozim.
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  • A’zolik badalini toʻlaganlik kvitansiyasi yoki a’zolik chiptasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Batafsil ma’lumot: shu yerda va shu yerda.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda shu yer, shu yer yoki  perth@sut.org manzili orqali aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar 2020-yil noyabr oyida xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: perth@sut.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!