×

Avstraliya: Bakalavriat va magistratura uchun 30 775 AQSh dollargacha grant; joy – 31 ta!


Grant

MUHLAT

15.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1865 marta

Avstraliyaning Monash University 2020-21-yilgi Monash International Merit Scholarship dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur universitetning bakalavriat va magistratura (postgraduate coursework degree) bosqichida oʻqishni istagan 31 nafar talabalarga beriladi. Grant bir-to‘rt yilga moʻljallangan. Grant dasturida ishtirok etishni istagan nomzodlar a’lochi, chuqur bilim, malaka, koʻnikma va yuqori ilmiy salohiyat, tadqiqotchilik qobiliyatiga ega boʻlishi talab qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda o‘qish to‘lovi tanlangan kurs va bosqichga ko‘ra farq qiladi. Shuningdek, kontrakt hajmi kreditlar miqdoriga ham bog‘liq. Aniq ma’lmot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan 31 nafar nomzodga o‘qish tugaguncha muddatga kontraktning har 48 kreditiga 10 000 AUD (taxminan 6 144 AQSh dollar), umumiy holda 50 000 AUD (30 775 AQSh dollar)gacha qismi qoplab beriladi. Keyingi semestrga grant muddatini uzaytirish uchun o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (Weighted Average Mark (WAM)) o‘rtacha hisobda 85% dan kam boʻlmasligi kerak.

Grant dasturi nomzodning yashash, sugʻurta, oʻquv qurollari kabi xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismi va boshqa sarflarni talabaning oʻzi to‘lashi lozim.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat yoki magistratura (postgraduate coursework degree) kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Shuningdek, nomzod a’lochi, lider, soha boʻyicha chuqur bilim, yuqori ilmiy salohiyat va tadqiqotchilik qobiliyatiga ega boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Monash University Nonash Kampusining kunduzgi (full-time) boʻlimlarida oʻqishga tayyor boʻlishi kerak.
  • Nomzodlarning a’lo baholari va oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi nisbatiga koʻra kamida 100% dan 85% bo`lishi lozim.
  • Nomzod 500 ta so`zgacha personal aspiration statement (motivatsion xat) yozib berish kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kursga hujjat topshirish uchun kamida IELTS 6,5 yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.
  • Nomzod MU tomonidan tashkil etiladigan kamida 3 ta reklama/marketing aksiyalarida qatnashishlari shart.

Grant talablari haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant bakalavriat yoki magistratura (postgraduate coursework degree) kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Nomzod avval o‘qishga, keyin esa grantga ariza beradi. Grantga yil davomida bir necha marta hujjat topshirish mumkin. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn 2020-yil 15-aprel. Grant yutishni istalgan talaba ertaroq ariza berishi maqsadga muvofiq.

Oʻqish va grantga ariza topshirish.

  1. Shu yerda oʻqishga kirish talablari va tartibi haqida tanishish mimkin.
  2. Shu yerdan esa kerakli kurs tanlanadi.
  3. Tanlangan kurs sahifasining Overview boʻlimida mumiy maʼlumotlar bilan tanishiladi.
  4. Entry requirements sahifasida chet ellik talabalar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  5. Apply now yozuvini bosib, arizani toʻldiriladi. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnatiladi.
  6. Grantga ariza berish uchun onlayn tarzda ariza shakli to‘ldiriladi va dedlaynga qadar jo‘natiladi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza. Ariza onlayn tarzda toʻldiriladi.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0).
  4. Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplom va diplom ilovasi. Baholar a’lo bo‘lishi lozim.
  5. Hujjatlari Avstraliya ta’lim tizimiga mos kelmagan nomodlardan Monash University Foundation Year diplomi talab qilinishi mumkin.
  6. Grant uchun 500 ta soʻzgacha personal aspiration statement (motivatsion xat) yozib berish kerak boʻladi.
  7. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).
  8. Magistratura uchun Research proposal talab qiladi. Mavzu tadqiqot muammosi boʻyicha tanlanadi.
  9. Magistraturaga hujjat topshirayotgan nomzoddan nashr ishlari talab qilinishi mumkin.

Yoʻnalishga qarab SAT/ACT/GRE/GMAT kabi qoʻshimcha hujjatlar soʻraladi. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, International student enquiry form yoki +61 3 9903 4788 telefon raqami orqali aniqlik kiriting.

Grant talablari va cheklovlar haqida esa: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Nomzodlar aʼlo baholari, liderlik qobiliyati, tadqiqotchilik salohiyati, tanlagan sohasi boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: International student enquiry form yoki +61 3 9903 4788 raqamiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!