Avstraliyaning Sidney shahridagi International College of Management bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalar uchun ICMS International Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant 3 bosqichli saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga beriladi.
Grant dasturiga hujjat topshirmoqchi boʻlgan nomzod quyidagi menejment mutaxassisliklardan birida oʻqishi kerak:
- Hospitality Management
- International Tourism
- Event Management
- Business Management
- Sports Management
- Property Management
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba uchun universitetning bakalavr bosqichida oʻqish haqi 2019-2020-oʻquv yiliga taxminan 28 395 AQSH dollari. Bu haqida batafsil: SHU YERDA koʻrsatilgan.
Grant yutib olgan nomzodga kontrakt pulini toʻlash uchun taxminan 17 925 AQSH dollari pul ajratiladi. Grant dasturi turar joy uchun ham mablagʻ berishi mumkin.
Grant yutib olgan talabaga beriladigan pul kontraktni toʻliq qoplashga yetmaydi. Qolgan toʻlovni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi. Bundan tashqari, talaba yashash, oziq-ovqat, yoʻl xarajatlari kabi sarflarni ham oʻzi toʻlaydi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Oʻrta umumiy taʼlimni tugatgan boʻlishi kerak. Avstraliyada qabul qilinadigan minimal baho koʻrsatkichlariga javob bera olishi kerak.
- Universitet bakalavr dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza topshirishdan avval universitetning yuqorida koʻrsatilgan bakalavr dasturlaridan biriga oʻqishga kirish kerak.
Hujjat topshirish tartibi quyidagicha boʻladi (umumiy):
- Dastlab universitetga qabul uchun hujjat topshiramiz.
- Buning uchun kerakli dasturni tanlaymiz.
- Qabul talablari bilan tanishamiz.
- Oʻqishga kirishga onlayn tarzda ariza topshiramiz. Ariza bilan birga tanlagan dasturingiz sahifasida berilgan hujjatlarni ham birga topshirish kerak.
- Oʻqishga qabul qilinganingiz haqidagi xatni olamiz (xatni pochtangizga joʻnatishadi).
- Grantga ariza shaklini yuklab olamiz.
- Arizani toʻldiramiz.
- Arizaga imzo qoʻyib, 2019-yilning 19-aprel kunigacha joʻnatamiz. Stipendiya va oʻqishga kirish haqidagi savollar uchun info@icms.edu.au manziliga murojaat qiling.
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Attestat va diplom, diplom ilova nusxasi (Yangi Zelandiya universitetlariga hujjat topshirish uchun 12 yillik: 9 yil maktab va 3 yil kollej yoki litsey diplomini birga topshirish kerak boʻladi).
- Sertifikatlar (menejment kurslari uchun matematika boʻyicha bilimingiz haqida sertifikat soʻralishi mumkin. Masalan, GMAT, ACT kabi).
- Ingliz tilini egallanganlik IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ular ham topshiriladi. Har bir kurs sahifasida oʻqishga kirish talablari, hujjatlar roʻyxati berilgan. Topshiradigan hujjatlaringizni oʻsha yerdan aniqlang.
Nomzodlarni saralash:
- akademik yutuqlari;
- soha boʻyicha bilimlari;
- tirishqoqligi;
- liderlik qobiliyati kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar may oyida eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun:
Manzil: 151 Darley Road, Manly, Sydney, NSW, 2095, Australia
Elektron pochta: info@icms.edu.au
Telefon: +61 (2) 9466 1240