Avstraliyada joylashgan University of Sydney tarkibidagi Business School 2020-yilgi Business School’s International Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur Biznes maktabining 2020-yilda boshlanadigan bakalavriat va magistratura kurslarida oʻqishni xohlagan talabalar uchun moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan 3 nafar nomzodga bir semestrdan bir yilgacha kontrakt pulidan 5 000 dan 20 000 AUD (taxminan 3 379 – 13 490 USD)gacha chegirma qilinadi.
Grant nomzodning yashash va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontraktning qolgan qismi, tibbiy sugʻurta hamda shaxsiy sarflarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari) fuqarolari ariza topshira oladi.
- Nomzod Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomiga yoki shunga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Kamida IELTS 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Nomzod universitetda oʻqitiladigan bakalavriat va magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.
- Ayni vaqtda universitetda oʻqiyotgan talabalar ariza bera olmaydi.
- USdan boshqa grant olayotganlar bu gantga hujjat topshira olmaydi.
Barcha talab va cheklovlar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitet Biznes Maktabining bakalavriat yoki magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Buning uchun avval mos keladigan kursga oʻqishga kirish kerak. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Dedlayn muddati –yil davomida. Ammo oʻqishga hujjat topshirish muhlatlaridan kelib chiqib, taxminiy dedlayn – 2020-yil 15-yanvar deb olindi. Ammo grant olish uchun 2 oy oldin hujjat topshirgan ma’qul.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Shu yerda chet elliklar uchun umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
- Shu yerdan mos keladigan kursni tanlang.
- How to apply sahifasidan qanday qilib hujjat topshirish va kirish talablari haqida batafsil oʻqib chiqing.
- Tanlagan kursingizga ariza topshiring.
- Jarayonda biror savol tugʻilsa shu yerga murojaat qiling.
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan attestat/kollej/litsey diplomi, magistratura uchun bakalavr diplomi yoki ekvivalent va diplom ilovasi nusxasi.
- Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 82 ball sertifikati topshiriladi.
- Agar boshqa sertifikatlar bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
- Pasport nusxasi.
- Tibbiy ma’lumotnoma.
- Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.
Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Barcha hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarni shu tilga tarjima qilish lozim.
Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, darsdan tashqari tadbirlar va tadqiqiotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.