×

Avstraliya: Biznes va iqtisod boʻyicha bakalavriat uchun 7 027 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

12.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1345 marta

Avstraliyaning Australian National University 2019-2020-yilga ANU College of Business & Economics Terrell Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning College of Business & Economicsda bakalavriat bosqichini oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir marta beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetning College of Business & Economicsda bakalavriat kurslarida oʻqish uchun 2019-oʻquv yiliga taxminan 43 680 AUD (taxminan 30 662 AQSh dollar) kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga kontraktidan 1 yilga 10 000 AUD (taxminan 7 027 USD) yoki 5 000 AUD (taxminan 3 514 USD) chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning College of Business & Economics bakalavriat kursilaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga ekvivalent attestat/kollej/litsey/International Baccalaureate diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod kamida 1 EFT (120 kredit)li kursda kunduzgi shaklda oʻqishi kerak.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi va jismoniy hamda ruhiy jihatdan sogʻlom boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant College of Business & Economics bakalavriat kursilarida oʻqish uchun beriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grantga da’vogar hisoblanadi. Dedlayn 2019 yil 15-dekabrgacha, ammo grant olish uchun 12-sentabrgacha hujjat topshirish maqsadga muvofiq.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

  1. Avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  2. Shu yerdan kerakli kurs tanlang.
  3. Tanlangan kurs sahifasining Overview boʻlimida mumiy maʼlumotlar bilan tanishing.
  4. Admission Requirements sahifasida chet elliklar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  5. Admission & Fees. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
  6. Apply yozuvini bosib, arizani toʻldiring. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.0, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlash kerak.
  4. Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga ekvivalent attestat/kollej/litsey/International Baccalaureate diplomi va diplom ilovasi.
  5. Pasport nusxasi.
  6. Matematika imtihoni sertifikati yoki ekvivalent soʻralishi mumkin.

Yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tanlagan sohasi boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalari, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan taxminan 7 hafta oʻtib eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: student@anu.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!