Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Curtin University PhD Scholarship for Science Education dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur Discovery Project grant scheme (DP180100143) loyihasi doirasida Australian Research Council (ARC) tomonidan moliyalashtiriladi. Nomzodlar universitet tarkibidagi STEM Education Research Groupda Dr Mihye Won va Professor David F.Treagust rahbarligida“Interactions in drawing science diagrams and their benefits in enhancing students” mavzusi boʻyicha PhD tadqiqotini olib borishlari kutilmoqda. Grant uch yilga ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Curtin University PhD kursida oʻqish tanlangan kurs va fanlarga koʻra farq qiladi. Har bir dastur uchun 9 250 AUD (6 493 USD) toʻlash kerak. Umumiy kontrakt miqdori nechta dasturni oʻqishingizdan kelib chiqadi. Agar 4 ta shunday fanni tanlasangiz, taxminan 39 000 AUD (27 376 USD) kontrakt toʻlaysiz.
Grant yutib olgan nomzodga:
- 3 yil muddatga kontrakt toʻlovini qoplash uchun har yili 36 400 AUD (taxminan 25 578 USD) beriladi.
- 3 yilga yashash xarajatlari uchun har yili 27 596 AUD (taxminan 19 371 USD) ajratiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS kamida 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi (Honours) boʻlishi kerak.
- Universitet PhD kursida oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.
- Nomzod tahliliy koʻnikma va kreativ tafakkuri orqali tadqiqotchilik salohiyatini koʻrsata olishi lozim.
- Nomzod guruhda ishlay olishi va individual vazifalar uchun mas’uliyatni boʻyniga olishi zarur.
- Nomzod raqamli texnologiyalar va dasturiy ta’minot paketi boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod kuchli intizomga rioya qilishi va guruhni boshqara olishi lozim.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant universitet tarkibidagi STEM Education Research Groupda PhD kursida oʻqish uchun beriladi. Dastlab oʻqishga hujjat topshirish kerak. Keyin alohida grantga ariza beriladi. Dedlayn- 31-avgutsgacha.
Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi quyidagicha:
- Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- How to apply sahifasida qanday hujjat topshirishni batafsil oʻqib chiqing.
- Shu yerda kirish talablari bilan tanishing.
- Shu yerdan ilmiy rahbar tanlang. Dr Mihye Won varofessor David F.Treagustni tanlaysiz.
- Shu yerda ariza toʻldiring.
- Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilang va joʻnating.
- Grantga hujjat topshirish. CV, diplom va diplom ilovasi, ingliz tili sertifikati hamda short statementni Dr Mihye Wonga mihye.won@curtin.edu.au pochtasi orqali joʻnatish kerak. Telefon: +61-8-9266-4074
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilova nusxasi.
- Avval oʻqigan universitetlardan baholar varagʻi (honours).
- Agar nomzod tanlagan sohasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa, ish tajribasi haqida maʼlumot (bunda tashkilot nomzod ishini qanday bajarayotgani haqida maʼlumot beradi) va yuqorida koʻrsatilgan baholar varagʻini topshiradi.
- Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.
- Research proposal.
- Sohaga oid GRE/GMAT/SAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
- CV/resume.
- Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, ish tajribasi, mavzuga oid tadqiqiotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi, shaxsiy fazilatlari kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun:
Dr Mihye Won
Curtin University, Perth WA, Australia
Email: mihye.won@curtin.edu.au
Telefon: +61-8-9266-4074