×

Avstraliya Curtin University: PhD bosqichi uchun toʻliq grant; yillik 19 371 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1231 marta

Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Curtin University Australian Research Council Linkage (ARC) Scholarships dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Nomzodlar universitet tarkibidagi Faculty of Science & Engineeringda oʻqitiladigan Engineering sohasining Higher Degrees by Research (HDR)/PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishlari kerak. Grant uch yarim yilgacha ajratiladi. Grant Australian Research Council (ARC) Linkage tomonidan moliyalashtiriladi. Grant yutib olgan 4 nafar nomzodlar ARC loyihalari ustida ishlaydilar.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Curtin University PhD kursida oʻqish tanlangan kurs va fanlarga koʻra farq qiladi. Har bir dastur uchun 9 250 AUD (6 493 USD) toʻlash kerak. Umumiy kontrakt miqdori nechta dasturni oʻqishingizdan kelib chiqadi.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. 3 yil muddatga kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.
  2. 3 yilga yashash xarajatlari uchun har yili 27 596 AUD (taxminan 19 371 USD) ajratiladi.
  3. Grant yana 6 oygacha uzaytirilishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Civil Engineering/ Materials Engineering/ Chemical Engineering/ Microbiology / Biotechnology ixtisosliklaridan biri boʻyicha bakalavr (H1 or First Class Honours) yoki magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS kamida 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod Faculty of Science & Engineeringda oʻqitiladigan Engineering sohasining Higher Degrees by Research (HDR)/PhD kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod PhD kurslarining maxsus talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet tarkibidagi Faculty of Science & Engineeringda oʻqitiladigan Engineering sohasining Higher Degrees by Research (HDR)/PhD kursida oʻqish uchun beriladi. Dastlab oʻqishga hujjat topshirish kerak. Keyin alohida grantga ariza beriladi. Dedlayn- 30-sentabrgacha.

Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

  • Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  • How to apply sahifasida qanday hujjat topshirishni batafsil oʻqib chiqing.
  • Shu yerda kirish talablari bilan tanishing.
  • Shu yerda kerakli kurs uchun ariza toʻldiring.
  • Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilang va joʻnating.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilova nusxasi.
  • Agar nomzod tanlagan sohasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa, ish tajribasi haqida maʼlumot (bunda tashkilot nomzod ishini qanday bajarayotgani haqida maʼlumot beradi) va yuqorida koʻrsatilgan baholar varagʻini topshiradi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.
  • Research proposal.
  • Sohaga oid GRE/GMAT/SAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  • CV/resume.
  • Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumot talab qilinishi mumkin.
  • Nomzoddan avval qatnashgan loyihalari haqida ma’lumot soʻralishi mumkin.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, ish tajribasi, mavzuga oid tadqiqiotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi, shaxsiy fazilatlari kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: abhijit.mukherjee@curtin.edu.au va navdeep.dhami@curtin.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!