×

Avstraliya: Doktorantura bosqichi uchun to’liq grant, yillik 19098 AQSh dollari miqdorida stipendiya hamda tibbiy sug’urta!


Grant

MUHLAT

15.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1503 marta

Avstraliyada joylashgan Deakin University oliygohi HDR Scholarship dasturi orqali doktorantura bosqichida o’z tadqiqot ishlarini olib bormoqchi bo’lgan talabalar uchun grant o’rinlarini taqdim etadi. Ushbu grant dasturi Deakin University oliygohida o’qitiladigan doktorantura kursi uchun ajratilgan bo’lib, tadqiqot mavzusi Preventing premature failure of batteries by using in operando magnetic resonance imaging. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda ilmiy-tadqiqot olib borish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • 3 yil davomida har yili 19098,64 AQSH dollari miqdorida stipendiya
  • Shtatlararo yoki xorijiy mamlakatlardan kelgan talabalarga ko’chib kelish xarajatlari uchun 364,04 – 1038,12 AQSH dollari miqdorida moddiy ta’minot ajratiladi.
  • Xorijlik talabalar kontrakt puli hamda 4 yillik Tibbiy sug’urta xarajatlari to’liq qoplab beriladi.

Deakin University oliygohidagi to’lov kontraktlari hamda qo’shimcha xarajatlar haqida ma’lumot bilan bu yerda  tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Deakin universiteting PhD bosqichi kirish talab lariga to’liq mos kelishingiz lozim. Deakin’s oliygohi PhD bosqichi kirish talablari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz lozim.
  • Nomzod Deakin universiteti PhD bosqichiga Full time ga ro’yhatdan o’tgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod magistratura kursini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi, ya’ni First Class diplom sohibi bo’lishi lozim.
  • Nomzodning Nuclear magnetic resonance (NMR) va Magnetic resonance imaging (MRI) sohalarida tajribaga ega bo’lishi grant yutish ehtimolini oshiradi.
  • Nomzodning Fizika fanidan chuqur bilimga ega bo’lishi maqsadga muvoqfiq.
  • Ilmiy-tadqiqot Ingliz tilida olib borilgani sababli nomzod Ingliz tili sertifikatlaridan birini taqdim etishi lozim. TOEFL IBT 79 yoki PBT 577 yoki IELTS5 yoki 7 ball. Til talablari bo’yicha to’liq ma’lumotni bu yerdan bilib olishingiz mumkin.

Research degree entry pathways haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

HDR Scholarship grant dasturiga hujjat topshirish uchun Expression of Interest Formʼni bu yerdan yuklab olishingiz lozim. Undan so’ng  to’ldirilgan shakldagi Expression of Interest Form ni va boshqa kerakli hujjatlarni birgalikda helen.woodall@deakin.edu.au elektron manziliga yuborishingiz lozim

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Resume
  • Ingliz tili sertifikatlari (IELTS yoki TOEFL)
  • Ilmiy tadqiqot ishi haqida qisqacha Research Proposal (300 so’z)

Qo’shimcha ma’lumot uchun cpg@deakin.edu.au   elektron manzili yoki +61 3 924 46634 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!