×

Avstraliya: Dorishunoslik boʻyicha magistratura kurslarida oʻqishni istaganlar uchun 20 307 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

29.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1802 marta

Avstraliyaning Brisben shahri janubida joylashgan Griffith University 2020-yilda magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi yuqori talabalar uchun Master of Pharmacy Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Ushbu grant ikki yilga moʻljallangan. Grant Master of Pharmacy program magistratura kursiga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba uchun Griffith Universityda oʻqish haqi 2020-oʻquv yiliga har 30-40 kredit uchun 8 780 – 10 135 AUD (taxminan 5895 dan 6805 USD). Kreditlar soniga qarab bu hajm oʻzgaradi. Bu haqida batafsil: shu yerda koʻrsatilgan.

Grant yutib olgan nomzodning kontrakt pulidan 30 000 AUD (taxminan 20 307 USD) chegirma qilinadi. Avstraliyada bir yilda 3 ta trimestr mavjud. Stipendiya ikki yil davomida har trimestrga 5 000 AUD dan 6 martaga boʻlib toʻlab beriladi.

Grant nomzodning kontraktini qisman qoplaydi. Yashash, oʻquv qurollari, tibbiy sugʻurta kabi boshqa sarflar hamda kontraktning qolgan qismini talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod bakalavr darajasi sohibi boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitet Master of Pharmacy magistratura kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kamida IELTS 6,0 ball sertifikat soʻraladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval Master of Pharmacy magistratura kursiga oʻqishga kirish kerak. Hujjatlar 2020-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun 2019-yil 29-noyabrgacha qabul qilinadi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga topshirilgan hujjatlarning oʻzi yetarli.

Universitetga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
  2. Kirish talablar va hujjatlar haqida batafsil oʻqib chiqing.
  3. Shu yerdan topshriladigan hujjatlar tarkibini tekshirib oling.
  4. Ariza topshirish onlayn tarzda shu yer oqali amalga oshiriladi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilova nusxasi.
  • Maxsus kirish imtihoni (STAT) topshirish talab qilinishi mumkin.
  • Ingliz tili sertififkati. Kamida IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati topshiriladi.
  • Qoʻshimcha sertifikatlar. Tanlangan kursga qarab GMAT/SAT/ACT sertifikatlari soʻralishi mumkin.
  • Esse yoki motivatsion xat talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda. Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi (yoki tarjima qilib, notarial tasdiqlanishi) zarur.

Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, tirishqoqligi, ijobiy baholanadigan har qanday qoʻshimcha koʻnikmalar, darsdan tashqari faoliyat, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtiroki kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 13-dekabrgacha eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!