Avstraliyaning Australian National University 2019-yilga Master of Philosophy in Applied Epidemiology Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning amaliy epidemiologiya tibbiyot yo`nalishi bo`yicha Master of Philosophy, yaʼni magistratura bosqichida o`qishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant o`qish muddati tugaguncha beriladi. Grant dasturida ishtirok etishni istagan nomzodlar tibbiyot bo`yicha chuqur bilim, yuqori ilmiy salohiyat va tadqiqotchilik qobiliyatiga ega boʻlishi talab qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichi talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba universitetning Master of Philosophy kurslarida oʻqish uchun 2019-oʻquv yiliga taxminan 45 000 dan 54 000 AUD (taxminan 32 274 dan 38 729 AQSh dollar) gacha kontrakt to`laydi.
Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- O`qish muddati tugaguncha yiliga 50 000 AUD(taxminan 35 860 AQSH dollar) pul beriladi.
- Nomzodlar Kenberru hududiga ko`chib kelish uchun 1 500 AUD (taxminan 1 076 AQSH dollar) pul oladilar.
- Stipendiya miqdori bolasi bilan birga o`qishga kelgan nomzod uchun 1 500 AUD (taxminan 1 076 AQSH dollar)ga oshirilishi mumkin.
- Nomzodning turmush o`rtog`i bilan yashash xarajatlari uchun stipendiya 1 500 AUD (taxminan 1 076 AQSH dollar)ga ko`paytirilishi mumkin.
- Diplom ishi himoyasi ushun 420 AUD (taxminan 300 AQSH dollar) qo`shib beriladi.
- Final viva uchun 500 AUD (taxminan 359 AQSH dollar) qo`shib to`lanadi.
Grant dasturi talablari va stipendiya fondi haqida batafsil: SHU YERDA tanishing.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
- Nomzod universitetning Master of Philosophy tibbiyot kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
- Shuningdek, nomzod ilmiy nashrlarda maqolalar eʼlon qilgan boʻlishi, tadqiqotlarda ishtirok etishi zarur.
- Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi va jismoniy hamda ruhiy jihatdan sogʻlom boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant Master of Philosophy tibbiyot kurslarida o`qish uchun beriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. O`qishga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grantga da’vogar hisoblanadi. Dedlayn 2019 yil 15-avgustgacha. Hozir qabul yopiq. Hujjatlar qabuli 2019-yil 1-iyuldan boshlanadi.
Oʻqishga kirishga ariza topshirish.
- ANU Programs & Courses sahifasidan kerakli kurs tanlanadi.
- Tanlangan kurs sahifasining Overview bo`limida mumiy maʼlumotlar bilan tanishiladi.
- Admission Requirements sahifasida chet ellik tadqiqotchilar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan.
- Admission & Fees. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
- Apply yozuvini bosib, arizani toʻldiriiladi. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnatiladi.
Hujjatlar tarkibi:
- Ariza.
- CV/Rezyume.
- Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.0, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlash kerak.
- Diplom va diplom ilovasi. Odatda kamida 2:2/2:1 darajadagi bakalavr diplomi so`raladi.
- Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).
- Research proposal talab qiladi. Mavzu tadqiqot uchun muammo boʻyicha tanlanadi.
- Nashr ishlari talab qilinishi mumkin.
- Universitetdan ilmiy rahbar tanlanishi kerak bo`ladi.
*Yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.
Nomzodlar aʼlo baholari, tadqiqotchilik salohiyati, tanlagan sohasi boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi, tadqiqot uchun bergan gʻoya/loyihasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: mae.rsph@anu.edu.au