×

Avstraliya: huquqshunoslik bo’yicha doktoranturada o’qish uchun 7000 Avstraliya dollari grant


Grant

MUHLAT

25.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1248 marta

Avstraliyada joylashgan Melburn universiteti huquqshunoslik bo’yicha doktorantura (Juris Doctor) kurslariga qabul qilingan iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladigan Malcolm D H Smith Memorial Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar huquqshunoslik va kriminologiya yo’nalishlari talabalariga beriladi. J.D. kurslari 3 yil davom etadi. Melburn Universitet huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha Avstraliyada birinchi va jahonda 10-raqamli universitet universitet hisoblanadi.

Grant kimlar uchun?

J.D. kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga 7000 Avstraliya dollari (taxminan 4840 AQSh dollari) miqdoridagi bir martalik mablag’ beriladi. O’qish to’lovlari va xarajatlar haqida

Talablar:

  1. Nomzod huquqshunoslik bo’yicha bakalavr va magistratura diplomiga ega bo’lishi kerak (Agar nomzod tadqiqot va/yoki kamida 2,5 yil ish tajribasiga ega bo’lsa, magistratura diplomi majburiy emas).
  2. Nomzod LSAT testini topshirgan bo’lsa, yanada yaxshi. 2021-yilda boshlanadigan kurslar uchun LSAT talab etilmaydi.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil
  4. Nomzodning baholari yuqori bo’lishi kerak. Grant yutib olish uchun eng yuqori baholar va eng yaxshi ko’rsatkichlarga ega bo’lish zarur. Baholari 80% dan yuqori nomzodlarda grant yutish ehtimoli yuqori bo’ladi. Qabul talablari haqida batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Nomzod avval J.D. kursiga 2020-yil 25-oktyabrga qadar bu yerda hujjat topshirishi kerak (2021-yil qishda boshlanadigan kurslar uchun). Qabul jarayoni haqida batafsil
  2. Kursga hujjat topshirgach, bu yerda grant uchun ariza berish mumkin. Grantga arizalar 2020-yil 25-oktyabrgacha qabul qilinadi. Grant natijalari D. kursiga qabul natijalari bilan birgalikda e’lon qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot yoki savol berish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!