Avstraliyaning Australian National University 2020-yilga ANU College of Law International Merit Scholarships dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitet tarkibidagi College of Lawning Master of Laws (LLM) magistratura kursida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant 5 nafar talabaga 1 marta beriladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba universitetning College of Lawning Master of Laws (LLM) magistratura kursida oʻqish uchun taxminan yiliga 43 680 AUD (taxminan 30 662 AQSh dollar) kontrakt toʻlaydi.
Grant yutib olgan 5 nafar nomzodga kontraktidan 10 000 AUD (taxminan 7 027 USD) chegirma qilinadi. Grant bir marta beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
- Nomzod universitetning College of Lawning Master of Laws (LLM) magistratura kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Nomzod B Laws, B Laws (Honours), Juris Doctor, Graduate Certificate of Law yoki Bachelor Degree/ bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak. GPA 7,0 dan kamida 5,0-4,0 talab qilinadi.
- Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
- Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 6,0 yoki ekvivalent talab qilinadi.
Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant College of Lawning Master of Laws (LLM) magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grantga da’vogar hisoblanadi. Dedlayn 2019 yil 15-dekabrgacha, ammo grant olish uchun 12-sentabrgacha hujjat topshirish maqsadga muvofiq.
Oʻqishga kirishga ariza topshirish.
- Avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
- Master of Laws (LLM) kursi sahifasifa kiring.
- Overview boʻlimida mumiy maʼlumotlar bilan tanishing.
- Admission Requirements sahifasida chet elliklar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
- Admission & Fees. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
- Apply yozuvini bosib, arizani toʻldiring. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.
Hujjatlar tarkibi:
- Toʻldirilgan ariza.
- CV/Rezyume.
- Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.0, barcha boʻlimlardan kamida 6,0).
- B Laws, B Laws (Honours),Juris Doctor, Graduate Certificate of Law yoki Bachelor Degree/ bakalavr diplomi va diplom ilovasi. GPA 7,0 dan kamida 5,0 boʻlishi kerak.
- Pasport nusxasi.
Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.
Nomzodlar aʼlo baholari, tanlagan sohasi boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalari, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayn muddatidan taxminan 7 hafta oʻtib eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: enquiries.law@anu.edu.au