×

Avstraliya Macquarie University: PhD uchun toʻliq grant va stipendiya


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1254 marta

Avstraliyada joylashgan  Macquarie University 2019-2020 o‘quv yili uchun Smart nanoscale sensors for bio-imaging, magnetic resonance imaging, and immunodiagnostics: synthesis and analysis dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet tarkibidagi  Department of Molecular Sciencesning PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan 2 nafar tadqiqotchiga beriladi. Nomzodlar MRT va immumodiagnostikada ishlatiladigan intellektual nanohajmda bo‘lgan “mayoq”chalar yaratish ustida ishlashi kutilmoqda. Grant 3 yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yil davomidagi kontrakt to‘lovi to‘liq qoplab beriladi va 3 yil davomida yashash xarajatlari uchun yiliga 27 596 AUD (taxminan 19 863 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitet tarkibidagi Department of Molecular Sciencesning PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod  tegishli mutaxassislik boʻyicha bakalavr/magistr bosqichini a’lo baholar (GPA10/8 yoki ekvivalent) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Grant sohasiga oid qo‘shimcha tadqiqotlarda ishtirok etgan va sohaga tegishli tajribaga ega nomzodlarga ko‘proq imkoniyat beriladi. Bu haqida to‘liq: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.
  6. Nomzod mustaqil va guruhda kelishib ishlay olishi lozim.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet tarkibidagi  Department of Molecular Sciencesning PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan. Dedlayn 2019-yil 31-iyulgacha. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing. Arizada «HDR Project/Supervisor Specific Scholarship»ni belgilang.

Hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar. GPA10/8 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
  • Konferensiyadagi tezislar.
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda shu yerdan yoki quyidagi mas’ul shaxs orqali aniqlang:

Mas’ul: Alison Rodgers

Email: Alison.rodgers@mq.edu.au

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, a’lo baholari, research proposalning universitet tadqiqotlariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Mas’ul: Alison Rodgers

Email: Alison.rodgers@mq.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!