×

Avstraliya: Magistraturada o’qish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

01.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3830 marta

International WaterCentre (IWC) tashkiloti Avstraliyaning Brizben shahrida joylashgan Griffith University oliygohining 2021 – yil fevralda boshlanadigan Master of Catchment Science (MCS) yo’nalishi bo’yicha magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan talabalarga Master of Catchment Science (International) grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashdir. Grantlar talabalarga 2 yillik magistratura kursining oxirigacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Jamg’arma 2 nafar talabaga har biriga jami 56 000 AUD (taxminan 36 200 AQsh dollari) dan iborat mablag’ ajratadi. Dastur 2 yilga (24 oy) mo’ljallangan bo’lib, g’olib talaba kontrakt to’lovining 100 foizini qoplaydi.

Eslatma: grant faqat o’qish to’lovini to’lash uchun mo’ljallangan bo’lib, stipendiat safar, turar joy, viza, sug’urta hamda kundalik xarajatlarini o’zi qoplashi zarur.

Griffith University oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Nomzod Griffith University’ning Master of Catchment Science yo’nalishidagi 2 yillik magistratura kursiga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Grantlar o’qish davri davomida beriladi va faqatgina kontrakt to’lovini to’lashga mo’ljallangan.
  4. Nomzod o’zi tanlagan bosqichda kunduzgi (full time) tartibda o’qishi zarur.
  5. Nomzod tanlangan soha bo’yicha kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi zarur.
  6. Bakalavr bosqichidan so’ng nomzod sohasi bo’yicha kamida 2 yil ishlagan bo’lsa, unga ko’proq imkon beriladi.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur va universitetning qabul talablariga mos bo’lishi kerak.
  8. G’olibni tanlashda nomzodning yetakchilik qobiliyati, professional va ko’ngilli sifatidagi mehnat tajribasi, erishgan akademik yutuqlari hamda potensialiga e’tibor qaratiladi.
  9. Nomzodning universitetga qabul qilinganligi unga stipendiya ajratilishini kafolatlamaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Grant dasturiga ariza berish uchun uchun nomzod avvalo Griffith University’ning Master of Catchment Science yo’nalishidagi 2 yillik magistratura kursiga hujjat topshirishi zarur. Oliygohga hujjatlar shu yerda topshirilishi mumkin. Ammo grant dasturida ishtirok etish uchun nomzodlar hujjatlarini yuqoridagi muhlat ichida topshirishlari zarur.
  • Oliygohga hujjatlar onlayn tarzda yoki biror tashkilot (agent or provider) vositachiligida topshirilishi mumkin.
  • Grant dasturiga arizalar 2020-yilning 18-mayidan 1-avgustiga qadar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Grant dasturiga topshirilishi kerak bo’lgan hujjatlar:

  1. (Dasturga onlayn arizalar qabul qilinadi)
  2. CV/resume.
  3. 2 ta tavsiyanoma.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr bosqichi uchun yuqori maktab attestati.
  3. Baholardan ko’chirma/diplom ilovasi.
  4. Tanlangan soha bo’yicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat.
  5. Til sertifikatlari. IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball yoki TOEFL iBT 79 va undan baland.
  6. 2 ta tavsiyanoma.
  7. Arizani ko’rib chiqish uchun 50 AUD miqdoridagi to’lov.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +61 7 3735 9137

Email: admin@watercentre.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!