×

Avstraliya: Magistratura va doktorantura uchun toʻliq grant; yillik 21 000 AQSH dollargacha stipendiya; yoʻl va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3802 marta

Avstraliyaning Melbrun shahrida joylashgan University of Melbourne  oliygohda tahsil olishni istagan talabalardan Graduate Research Scholarships dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning postgraduate, yaʼni magistratura va doktorantura bosqichi talabalari uchun moʻljallangan. Grant ikki-toʻrt yilga beriladi. Grant oʻqish pulini toʻliq qoplaydi. Grant dasturida ishtirok etishni istagan nomzodlar yuqori ilmiy salohiyatli va tadqiqotchilik qobiliyatiga ega boʻlishi talab qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetda oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha turlicha kontrakt puli toʻlaydi. Barcha kurslarning kontrakt toʻlovi tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. agar magistraturada oʻqisa, ikki yilga, doktoranturada taʼlim olayotgan boʻlsa toʻrt yilga, umumiy toʻlovi 110 000 AUD (taxminan 76 198 USD)gacha boʻlgan kontrakt puli toʻliq qoplab beriladi.
  2. Nomzodlar yiliga 30 600 AUD (taxminan 21 196 USD) stipendiya oladilar. Stipendiya miqdori oʻz ichiga pul toʻlanadigan davolanish taʼtili, bola parvarishi taʼtilini oladi. Stipendiya hajmi oʻzgarishi mumkin.
  3. Avstraliyadan tashqaridagi davlatlardan keladigan nomzodlarga yoʻl xarajatlari uchun 3000 AUD (taxminan 2 078 USD) pul beriladi.
  4. Talabalik vizasi kerak boʻlgan nomzodlarga bir martalik tibbiy sugʻurta (OSHC) olib beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning magistratura yoki doktorantura kursiga oʻqishga qabul qilingan yoki oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Shuningdek, nomzod ilmiy nashrlarda maqolalar eʼlon qilgan boʻlishi, tadqiqotlarda ishtirok etishi, kasbiy tajribaga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi va jismoniy hamda ruhiy jihatdan sogʻlom boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga ariza topshirish kerak. Dedlayn muddatlari tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan tekshiring. Grantga dedlayn – 2020-yil 31-oktabr.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

Graduate research kurslariga ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. International applications boʻlimida umumiy maʼlumotlar bilan tanishing.
  2. Entry requirements sahifasida chet ellik tadqiqotchilar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan. Shuningdek, research proposal yozish haqida yoʻriqnoma koʻrsatilgan.
  3. Ingliz tili sertifikati necha ball boʻlishi toʻgʻrisida esa Graduate English language requirements” sahifasida toʻliq maʼlumot berilgan.
  4. Fees and payments” Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
  5. How to apply yozuvini bosib, ariza toʻldirish yoʻriqnomasini batafil oʻrganing. Keyin esa arizani toʻldirib, ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.

Grantga ariza berish. Ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza shaklida soʻralgan maʼlumotlarni yozish kifoya.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Ariza.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlab olamiz.
  4. Diplom va diplom ilovasi. Kirish talablari sahifasida diplom va diplom ilovasiga qoʻyiladigan talab turlicha. Maʼlumotlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
  5. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).
  6. GRE yoki GMAT sertifikati soʻralishi mumkin. Bu tanlagan kursingizga bogʻliq.
  7. Shuningdek, tanlagan kursingiz talablariga koʻra ijodiy ish, portfolio soʻraladi.
  8. Research proposal talab qiladi. Mavzu kurs ixtisosligi va tadqiqot uchun tanlangan muammo boʻyicha tanlanadi.
  9. Nashr ishlari talab qilinishi mumkin.

Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tadqiqotchilik salohiyati, tanlagan sohasi boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi, ijtimoiy faolligi, til bilish darajasi, tadqiqot uchun bergan gʻoya/loyihasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!