×

Avstraliya: Mandarin tilini o`rganish uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

28.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2360 marta

Avstraliyaning Monash University 2019-yilga Chin Communications Master of Interpreting and Translation Studies Scholarship dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur universitetning til o`rganish va tarjimonlik yo`nalishi bo`yicha Master of Interpreting and Translation Studies, yaʼni magistratura bosqichida o`qishni istagan ikki nafar talabaga beriladi. Grant bir yilga beriladi. Grant dasturida ishtirok etishni istagan nomzodlar tarjimonlik bo`yicha chuqur bilim, yuqori ilmiy salohiyat va tadqiqotchilik qobiliyatiga ega boʻlishi talab qilinadi. Nomzodlar mandarin va ingliz tilini o`rganishlari kerak bo`ladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichidA o`qishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetning magistratura kurslarida oʻqish uchun 2019-oʻquv yiliga taxminan 45 000 dan 54 000 AUD (taxminan 32 274 dan 38 729 AQSh dollar) gacha kontrakt to`laydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil muddatga 3250 AUD (taxminan 2279,55 AQSh dollar) beriladi. Keyingi semestrga grant muddatini uzaytirish uchun baholar 70% dan kam bo`lmasligi kerak.

Grant dasturi nomzodning yasshash, sug`urta, o`quv qurollari kabi xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt to`lovining qolgan qismi va boshqa sarflarni talabaning o`zi qoplaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning Master of Interpreting and Translation Studies magistratura kursiga oʻqishga qabul qilingan yoki oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak. Talab bo`yicha mandarin-ingliz tilini o`rganishi lozim.
  • Shuningdek, nomzod ilmiy nashrlarda maqolalar eʼlon qilgan boʻlishi, tadqiqotlarda ishtirok etishi zarur.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi va jismoniy hamda ruhiy jihatdan sogʻlom boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Master of Interpreting and Translation Studies kursida o`qish uchun beriladi.  O`qishga va grantga alohida-alohida ariza berish kerak. Dedlayn 2019 yil 28-iyungacha.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

  1. Shu yerda o`qishga kirish talablari va tartibi haqida tanishish mimkin.
  2. Rasmiy sayt qidiruv tizimidan kerakli kurs tanlanadi.
  3. Tanlangan kurs sahifasining Overview bo`limida mumiy maʼlumotlar bilan tanishiladi.
  4. Entry requirements sahifasida chet ellik talabalar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  5. Apply now yozuvini bosib, arizani toʻldiriladi. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnatiladi.

Barcha arizalarni onlayn to`ldirish tizimi: SHU YERDA.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Ariza. Ariza onlayn tarzda to`ldiriladi.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0).
  4. Diplom va diplom ilovasi. Odatda kamida 2:2/2:1 darajadagi bakalavr diplomi so`raladi.
  5. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).
  6. Research proposal talab qiladi. Mavzu tadqiqot uchun muammo boʻyicha tanlanadi.
  7. Nashr ishlari talab qilinishi mumkin.

Yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tadqiqotchilik salohiyati, tanlagan sohasi boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi, tadqiqot uchun bergan gʻoya/loyihasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: https://www.monash.edu/people/contact

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!