×

Avstraliya: nufuzli doktorantura kursida bepul o’qib, yiliga 19000 AQSh dollari stipendiya olishni xohlaysizmi?


Grant

MUHLAT

30.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1316 marta

Avstraliyada joylashgan La Trobe universiteti doktorantura tadqiqot kurslariga o’qishga kirgan iqtidorli xorijlik tadqiqotchilarni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladigan La Trobe University Full Fee Research Scholarships (LTUFFRS) grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda. Ushbu nufuzli to’liq grant dasturi doirasida eng yuqori ko’rsatkichlarga ega tadqiqotchilarga La Trobe universiteti doktorantura kursida o’qish uchun moliyaviy yordam beriladi.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura tadqiqot kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

LTUFFRS grantini qo’lga kiritgan tadqiqotchi doktorantura kursida (4 yilgacha) bepul o’qish imkoniyatiga ega bo’ladi. Undan tashqari, tadqiqotchiga 3,5 yil davomida yiliga 27596 Avstraliya dollari (taxminan 19080 AQSh dollari) stipendiya beriladi. La Trobe universiteti PhD kurslari tadqiqotchilari yuqori malakali mutaxassislar bilan birgalikda tadqiqot olib borishadi.

Grantlarni La Trobe universiteti Shepparton, Mildura, City, Bendigo, Albury-Wodonga va Melbourne kampuslarida (shu hududlarda joylashgan filiallarida) o’qish uchun yutib olish mumkin.

Talablar:

  1. Nomzod magistratura kursini oxirgi 10 yildan uzoq bo’lmagan muddat ichida tamomlagan bo’lishi, tadqiqot ishlarida ishtirok etib, o’z maqolalarini chiqargan va tadqiqot tajribasiga ega bo’lishi zarur.
  2. Nomzod o’zi hujjat topshirgan PhD kursi qabul talablariga ham to’liq mos bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va til bilish darajasi o’zi hujjat topshirayotgan PhD kursi talablariga mos bo’lishi kerak. Batafsil
  4. Nomzod bakalavr va magistratura kurslarida olgan baholari o’rtachasi 70 ball (100 ballik tizimda) yoki undan yuqori bo’lishi kerak.
  5. Nomzod tamomlagan magistratura kursi so’nggida 15000-20000 so’zli tadqiqot tezisi yozgan bo’lishi zarur.
  6. Nomzod o’qigan magistratura kursida taxminan bir yillik o’qishning 3/8 qismiga teng vaqtni tadqiqot ustida o’tkazgan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Grantni yutib olish uchun La Trobe universiteti PhD kurslariga ariza tayyorlash zarur.
  2. Hujjat topshirish jarayonida tadqiqot uchun mavzu tanlab, ixtisosligi shu mavzuga mos ilmiy rahbar topishingiz zarur.
  3. Ariza shakli to’ldirilib, La Trobe universitetida faoliyat olib boruvchi ilmiy rahbar bilan kelishilgach, arizangizni grs@latrobe.edu.au elektron manziliga yuboring. Bunda LTUFFRS grantiga ham hujjat topshirish istagida ekanligingizni ham qayd eting. Hujjatlar 2020-yil 30-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun grs@latrobe.edu.au elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!