×

Avstraliya: Oʻsimliklarni muqobil changlatuvchi xashoratlar boʻyicha PhD uchun 20 873 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1717 marta

Avstraliyada joylashgan University of Western Australia Alternative Insect Pollinators for Australian Horticulture PhD Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetda oʻqitiladigan Animal Biology, Agricultural Science, Zoology, Biology sohalarining PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga beriladi. Nomzodlar Doktor Sasha Ross boshchiligida Identifying Alternative Insect Pollinators for Horticulture Industries, ya’ni oʻsimliklarni muqobil changlatuvchi xashoratlar muammolari ustida ishlashi kutilmoqda. Grant 3 yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet PhD kurslarida oʻqish haqi bir yilga taxminan 45 500 AUD (taxminan 31310  USD). Kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Yanada aniq ma’lumotni kurs sahifasidan yoki Fee calculatordan oling.

Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yil davomida yashash xarajatlari uchun har yilga 30 000 AUD (taxminan 20 873  USD) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Grant nomzodning kontrakt pulini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitetda oʻqitiladigan Animal Biology, Agricultural Science, Zoology, Biology sohalarining PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball talab qilinadi.
  4. Grant sohasiga oid qo‘shimcha tadqiqotlarda ishtirok etgan va sohaga tegishli tajribaga ega nomzodlarga ko‘proq imkoniyat beriladi. Bu haqida to‘liq: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.
  5. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  6. Nomzod  entomology, agriculture, natural resource management yoki similiar sohalariga yaqin magistratura bosqichini first class honours (H1) ya’ni a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Animal Biology, Agricultural Science, Zoology, Biology sohalari boʻyicha PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn sanasi yoʻq, ya’ni yil davomida ariza berish mumkin, grantga esa dedlayn – 30 avgustgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini, umumiy talablar hamda HDRga nomzodga qoʻyiladigan talablarni diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Dastlabki arizani berish uchun Interest formni toʻldirib, 30-avgustgacha Dr Sasha Voss manziliga joʻnatish kerak.
  5. Interest formni topshirganingizdan 2-4 hafta oʻtib, sizga rasmiy ariza topshirish haqida xabar qilinadi.
  6. Hujjatlarni imkon qaar erta topshirish lozim, chunki, oʻqishga qabul qilingandan keyin viza, tibbiy sugʻurta rasmiylashtirish kabilarga kamida 1-2 oy vaqt ketadi.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
  • Research proposal.
  • Magistr diplomi. Agricultural economics, environmental science yoki water management sohalari boʻyicha magistr diplomi topshiriladi.
  • Diplom ilovasi/baholar. Baholar first class honours (H1) ya’ni a’lo koʻrsatkichli boʻlishi zarur.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
  • Konferensiyadagi tezislar.
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda pghelp@postgraduate.uwa.edu.au, hdr-science@uwa.edu.au yoki sasha.voss@uwa.edu.au manzili orqali aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, research proposalning universitet tadqiqotlariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: pghelp@postgraduate.uwa.edu.au; sasha.voss@uwa.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!