×

Avstraliya: PhD uchun toʻliq grant va yillik 19 863 AQSh dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2098 marta

Avstraliyada joylashgan  Macquarie University 2019-2020 o‘quv yili uchun Multiagent Systems and Human-Machine Interaction grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar PhD (3 yillik), MRes+PhD  (2 yil+3 yil) kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Grant 4 yilgacha ajratilishi rejalashtirilgan. Grant quyidagi sohalarga taalluqli:

  • Psychology
  • Cognitive Science
  • Computer Science
  • Engineering
  • Physics and/or Mathematics

Grant kimlar uchun?

MRes/PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzod quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • 4 yilgacha kontrakt to‘lovi to‘liq qoplab beriladi.
  • 4 yilgacha 27 596 AUD (taxminan 19 863 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Macquarie University PhD yoki MRes+PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr/magistratura bosqichini a’lo baholar (GPAkamida 7/4,38 yoki ekvivalent) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  4. Nomzod tanlangan sohaga mos keladigan research proposal taklif etishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball yoki TOEFL iBT 92 ball talab qilinadi.
  6. Bu grantga hujjat topshirish uchun nomzod oʻqishga kirishga ariza toʻldirish jarayonida «HDR Project/Supervisor Specific Scholarship»ni belgilashi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Macquarie Universityning PhD yoki MRes+PhD kurslarining yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan yoʻnalishlarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan. Dedlayn 2019-yil 31-oktabrgacha. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.

Hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar. GPA7/4,38 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
  • Konferensiyadagi tezislar.
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda quyidagi mas’ul shaxs orqali aniqlang:

Mas’ul: Michael Richardson

Email: michael.j.richardson@mq.edu.au

Telefon: +61 2 9850 9894

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, a’lo baholari, research proposalning universitet tadqiqotlariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar oktabr oyi oʻrtalarida xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Mas’ul: Michael Richardson

Email: michael.j.richardson@mq.edu.au

Telefon: +61 2 9850 9894

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!