×

Avstraliya: PhD uchun to‘liq grant; yillik 20 700 AQSh dollari stipendiya va tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2158 marta

Avstraliyada joylashgan Deakin University 2019-2020-o‘quv yili uchun HDR Scholarship-Lina Ricciardelli Memorial Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant School of Psychology, Faculty of Healthning PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Grant Professor Lina Ricciardelli sharafiga tashkil etilgan. Grant kamida 3 yilga ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Dastur g‘oliblariga 3 yil davomida yiliga 30 000 AUD (tahminan 20 661 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • Boshqa shtat yoki davlatdan ko‘chib keladigan talabalar uchun 500-1 500 AUD (tahminan 360-1080 AQSh dollari) miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.
  • 4 yil davomidagi kontrakt to‘lovi va tibbiy sug‘urta to‘lab beriladi (faqat xorijlik tadqiqotchilar uchun).

Oliygohda ta’lim olish uchun sarflanadigan xarajatlar haqida bu yerda batafsil bilib oling.

HDR Scholarship – Research Training Program Scholarship (RTP) / Deakin University Postgraduate Research Scholarship (DUPR) grantiga hujjat topshirgan har bir nomzod Lina Ricciardelli Memorial Scholarship grantiga talabgor hisoblanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Deakin University School of Psychology,Faculty of Healthga PhD tadqiqotchisi sifatida o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod oldin tadqiqotlar olib brogan bo‘lishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Barcha talablar: bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Deakin Universityning tibbiyot yoʻnalishida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun bir necha marta hujjat topshirish mumkin, shuning uchun dedlayn muddatlari turlicha, ayni vaqtda eng yaqin dedlayn: 2019-yil 31-iyul.

O`qishga hujjat topshirish 8 bosqichda amalga oshiriladi. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: bu yerda koʻrsatilgan.

Grantga hujjat topshirish uchun research-scholarships@deakin.edu.au manzili bilan bog`laning. Grant uchun dedlayn 2019-yil 31-iyulgacha.

Talab etiladigan hujjatlar

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/Rezyume.
  • Magistrlik diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
  • Avtobiografiya.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Nomzodlarni saralash ularning muzeylardai qushlarga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, qushlar bilan bogʻliq tadqiqotlard qatnashganligi, a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: research-scholarships@deakin.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!