×

Avstraliya: PhD uchun to‘liq grant; yillik 19 863 AQSh dollari stipendiya; tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

07.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2048 marta

Avstraliyada joylashgan Deakin University 2019-2020 o‘quv yili uchun HDR Scholarship – Are pollutants and emerging diseases endangering a global migratory flyway? grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Faculty of Science, Engineering and Built Environment, School of Life and Environmental Sciencesga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Grantlar professor Marcel Klaassen boshchiligidagi qushlarning global ko‘chishiga oid tadqiqot olib borish uchun ajratiladi. Grant 3 yilga ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Dastur g‘oliblariga 3 yil davomida yiliga 27 596 AUD (tahminan 19 863 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • Boshqa shtat yoki davlatdan ko‘chib keladigan talabalar uchun 500-1 500 AUD (tahminan 360-1080 AQSh dollari) miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.
  • 4 yil davomidagi kontrakt to‘lovi va tibbiy sug‘urta to‘lab beriladi (faqat xorijlik tadqiqotchilar uchun).

Oliygohda ta’lim olish uchun sarflanadigan xarajatlar haqida shu yerda batafsil bilib oling.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Deakin University Faculty of Science, Engineering and Built Environment, School of Life and Environmental Sciencesga PhD tadqiqotchisi sifatida o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod oldin tadqiqotlar olib borgan bo‘lishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Deakin Universityning PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Ammo ariza berishdan oldin nomzodning ushbu oʻringa mosligini tekshirish lozim. Buning uchun avvalo ariza shaklini toʻldirib, sebe-phd@deakin.edu.au elektron manziliga joʻnatiladi. Arizada albatta taxminiy ilmiy rahbar koʻrsatilishi kerak. Mos kelgan nomzod bilan universitet qabul komissiyasi bogʻlanadi va keyingi harakatlar uchun yoʻriqnoma beradi. Oʻqishga kirish uchun bir necha marta hujjat topshirish mumkin, shuning uchun dedlayn muddatlari turlicha. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn: 2019-yil 12-iyun.

Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.

Grantga hujjat topshirish uchun arizani CV bilan birga marcel.klaassen@deakin.edu.au manziliga yuboriladi. Grant uchun dedlayn 2019-yil 7-iyungacha. Grant yutib olishni istasangiz, oʻqishga ertaroq ariza bering.

Talab etiladigan hujjatlar

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/Rezyume.
  • Magistrlik diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Nomzodlarni saralash ularning muzeylardai qushlarga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, qushlar bilan bogʻliq tadqiqotlard qatnashganligi, a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Prof Marcel Klaassen

Alfred Deakin Professor and Chair in Ecology

e-mail: marcel.klaassen@deakin.edu.au

Telefon: +61 3 522 72464

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!