×

Avstraliya: Suv xoʻjaligi boʻyicha magistraturada oʻqish uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

29.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1436 marta

International WaterCentre (IWC) tashkiloti Avstraliyaning Brizben shahrida joylashgan Griffith University oliygohining 2020 – yil fevralda boshlanadigan Master of Catchment Science (MCS) yoʻnalishi boʻyicha magistratura kurslariga oʻqishga qabul qilingan/qilinadigan talabalarga 2020-yilgi Master of Catchment Science (Partial Scholarship) grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashdir. Grantlar talabalarga 2 yillik magistratura kursining oxirigacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Jamgʻarma jami 9 500 AUD (taxminan 6 447 USD) dan iborat mablagʻ ajratadi. Undan 7 000 AUD kontrakt toʻlovini qisman qoplash uchun, 2 500 AUD esa safar xarajatlari uchun moʻljallangan.

Grant faqat oʻqish toʻlovini qisman toʻlash uchun moʻljallangan boʻlib, stipendiat turar joy, viza, sugʻurta hamda kundalik xarajatlarini oʻzi qoplashi zarur.

Griffith University oliygohida oʻqish xarajatlari bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Griffith University’ning Master of Catchment Science yoʻnalishidagi 2 yillik magistratura kursiga qabul qilingan boʻlishi/qilinishi kerak
  3. Grantlar oʻqish davri davomida beriladi va faqatgina kontrakt toʻlovini toʻlashga moʻljallangan
  4. Nomzod oʻzi tanlagan bosqichda kunduzgi (full time) tartibda oʻqishi zarur
  5. Nomzod tanlangan soha boʻyicha kamida bakalavr darajasiga ega boʻlishi zarur.
  6. Bakalavr bosqichidan soʻng nomzod sohasi boʻyicha kamida 2 yil ishlagan boʻlishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  8. Gʻolibni tanlashda nomzodning yetakchilik qobiliyati, professional va koʻngilli sifatidagi mehnat tajribasi, erishgan akademik yutuqlari hamda potensialiga e’tibor qaratiladi.
  9. Nomzodning universitetga qabul qilinganligi unga stipendiya ajratilishini kafolatlamaydi.

Toʻliq ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval Griffith University’ning Master of Catchment Science yoʻnalishidagi 2 yillik magistratura kursiga hujjat topshirishi kerak. Hujjatlar 2019-yil 29-noyabrgacha qabul qilinadi.

Oliygohga hujjatlar Online Application System orqali topshirilishi mumkin. Ammo grant dasturida ishtirok etish uchun nomzodlar hujjatlarini 1-oktabrgacha topshirishlari zarur. Oliygohga hujjatlar onlayn tarzda yoki biror tashkilot (agent or provider) vositachiligida topshirilishi mumkin.

Oʻqish va grant uchun taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil shu yerda bilib oling. Jarayonni boshlashdan avval esa yoʻriqnoma bilan tanishib chiqing.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr bosqichi uchun yuqori maktab attestati.
  3. Baholardan koʻchirma/diplom ilovasi.
  4. Tanlangan soha boʻyicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat.
  5. Til sertifikatlari. IELTS 6.5 va undan baland, har bir boʻlimdan kamida 6.0 ball yoki TOEFL iBT 79 va undan baland.
  6. 2 ta tavsiyanoma education@watercentre.org manziliga yuboriladi.
  7. Arizani koʻrib chiqish uchun 50 AUD miqdoridagi toʻlov.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +61 7 3735 9137

Email: admin@watercentre.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!