Avstraliyaning Queensland shahrida joylashgan University of Sothern Queensland 2020-yil 2-semestrdan boshlanadigan kurslar uchun International International Tuition Fee Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning magirtratura bosqichlari 1-kursiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant oʻqish muddati tugaguncha beriladi. Grant quyidagi yoʻnalishlarga taalluqli:
- Master of Professional Accounting
- Master of Information Systems
- Master of Business Administration
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba magistratura kursida oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha har bir kreditga kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlardan yigʻish kerak boʻlgan kreditlar soniga qarab aniqlanadi. Kontrakt hajmi haqida toʻliq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan yoki: shu yerdan aniqlang.
Grant yutib olgan chet ellik nomzodning kontrakt pulidan 20 foiz chegirma qilib beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Istalgan davlat (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari) vakili ariza topshira oladi.
- Nomzod hujjat topshirayotgan/oʻqishga kirgan magistratura kursning talablariga mos boʻlishi kerak.
- Nomzod boshqa joydan moddiy yordam olmayotgan boʻlishi kerak.
- Nomzod yaxshi oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun kamida 7,0 dan 5,0 baho talab qilinadi.
- Grantga faqat yuqoridagi 3 ta yoʻnalishga oʻqishga kirgan nomzodlar ariza berishi mumkin.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tanlangan kursga qarab til bilish talablari farq qiladi. Magistratura kurslari uchun IELTS kamida 6,5 ball boʻlishi lozim.
Barcha talablar hamda cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tekshiring.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza berish uchun yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan birining kunduzgi boʻlimida oʻqishga ariza topshirish lozim. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi. 2020-yil 2-3-semestrdan boshlanadigan kurslarga oʻqishga kirish va grant olish uchun dedlayn – 2019-yil 15-noyabrgacha.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dastlab, kurslar roʻyxatidan kerakli kursini topish lozim.
- Mos keladigan kurs sahifasiga kiriladi.
- Shu yerda kirish uchun kerakli talablar va qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Ularni batafsil oʻqib chiqing. Hujjatlari shu talablarga mos boʻlsa, ariza berish mumkin. Shuningdek, boʻlimda ingliz tili talablari ham koʻrsatilgan.
- Ariza toʻldiring.
Hujjatlar tarkibi (umumiy):
- Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
- CV/resume.
- Ingliz tili sertifikati. Tanlangan kursga qarab til bilish talablari farq qiladi. IELTS 6,5 ball boʻlgan sertifikat topshirish lozim.
- Bakalavr diplomi va diplom ilovasi. Grantga baholar 100% dan kamida 60% yoki 7,0 dan 5,0 ball boʻlishi kerak.
- Pasport nusxasi.
Hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.
Nomzodlar aʼlo baholari, intiluvchanligi, salohiyati kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: international@usq.edu.au