×

Avstraliya: Xalqaro munosabatlar magistratura kurslari uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

11.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

5091 marta

Avstraliyaning Australian National University The Graduate Studies in International Affairs dasturi doirasida Hedley Bull scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetda oʻqitiladigan Master of International Relations (Advanced) magistratura kursida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant talabaga 2 yilga beriladi. Grantga nomzod a’lochi, salohiyatli va akademik yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim. Grant 4 nafar nomzodga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetning magistratura kurslarida oʻqish uchun taxminan yiliga 43 680 AUD (taxminan 30 662 AQSh dollar) toʻlaydi.

Grant yutib olgan 4 nafar nomzodning kontrakti toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning Master of International Relations (Advanced) magistratura kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr (first-class Honours) diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak. GPA kamida 6,0/7,0 bo’lishi talab qilinadi.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 6,0 yoki ekvivalent talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Master of International Relations (Advanced) magistratura kursida oʻqish uchun beriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga hujjat topshirgan vaqtda grantga ham Interest form topshirish kerak. Dedlayn 2020 yil 15-dekabrgacha, ammo grant olish uchun 31-iyuldan 11-noyabrgacha hujjat berish maqsadga muvofiq.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

  1. Avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  2. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  3. Tanlanan kurs sahifasifa kiring.
  4. Overview boʻlimida mumiy maʼlumotlar bilan tanishing.
  5. Admission Requirements sahifasida chet elliklar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  6. Admission & Fees. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
  7. Apply yozuvini bosib, arizani toʻldiring. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.
  8. Grantga ariza berish. Oʻqishga hujjat berilayotganda grantga da’vogarligingizni bildiruvchi Interest form, cover letter va diplom ilovasi/transcriptsni ham qoʻshib joʻnating. Grant boʻyicha barcha talablar: shu yerda.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.0, barcha boʻlimlardan kamida 6,0).
  4. Bachelor Degree/ bakalavr diplomi va diplom ilovasi.
  5. Pasport nusxasi.
  6. Research proposal.
  7. 2 ta tavsiyanoma.

Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tanlagan sohasi boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalari, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez vaqt oʻtib eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: bell.postgrad@anu.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!