Avstriyaning Salzburg shahrida joylashgan The Institute of Tourism and Hotel Management oliygohi Hospitality Management va Tourism Management yoʻnalishlariga qiziqadigan, shu soha boʻyicha faoliyat olib borayotgan yoshlarni oʻzining ITH Scholarships for Developing Countries grant dasturida qatnashib soha boʻyicha diplomni qoʻlga kiritish, karyeralarini boshlash uchun qimmatli bilim va tajriba toʻplashga taklif etadi. Ushbu grant dasturi 2021-yil oktyabrda boshlanadigan 8 oylik kurslarga qabul qilingan, rivojlanayotgan mamlakatlar roʻyxatiga kiruvchi mamlakatlardan boʻlgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli, lekin moliyaviy imkoniyati cheklangan xorijlik talabalarni ragʻbatlantirish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Dastur doirasida jami qancha grant ajratilishi hali noma’lum.
Grant kimlar uchun?
Hospitality Management va Tourism Management sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:
- Talabaning kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
- Sugʻurta toʻlovlari toʻlab beriladi.
- Gʻolibga kundalik xarajatlar uchun oylik 205 yevro miqdorida stipendiya ajratiladi.
- Talabaga dushanbadan juma kuniga qadar bepul tushliklar beriladi (Meals from Monday-Friday).
- Ekskursiyalar (ITB Berlin safari xarajatlaridan tashqari).
Grant quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
- Turar joy (butun oʻqish davri davomida bunga tahminan 1 644 yevro sarflanadi).
- Talaba shanba-yakshanba hamda bayram kunlari oʻz hisobidan ovqatlanishi kerak.
- Talabaning ona yurtidan Salzburg shahriga borich va qaytish uchun
- Viza xarajatlari.
- ITB Berlin safari xarajatlari (safar xarajatlari uchun tahminan 290 yevro sarflanadi).
- Boshqa shaxsiy xarajatlar.
Grantning manfaatli jihatlari haqida batafsil shu yerda bilib oling.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod rivojlanayotgan mamlakatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (roʻyxatda Oʻzbekiston ham bor).
- Nomzod 18 – 35 yosh oraligʻida boʻlishi kerak.
- Nomzod kamida 12 yillik ta’lim olgan boʻlishi kerak.
- Nomzod Hospitality Management yoki Tourism Management sohasida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar haqida shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda qatnashish uchun ariza shakli toʻldiriladi hamda talab qilingan boshqa hujjatlar bilan birga ITH oliygohiga pochta orqali yuboriladi. 2021-yilning 1-oktyabrida boshlanadigan kurslar uchun grant dasturiga hujjatlarning barchasi 2021-yilning 1-martiga qadar topshirilishi kerak.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza.
- 12 yillik ta’lim olganlik haqidagi diplom/attestat/guvohnoma.
- Baholardan koʻchirma.
- Shu sohada orttirilgan kamida 1 yillik ish tajribasi.
- Boshqa amaliyot dasturlarida qatnashganlik haqidagi sertifikatlar (agar mavjud boʻlsa).
- CV yoki rezyume.
- Tavsiyanoma (hozirgi ish joyidan).
- Tugʻilganlik haqodagi guvohnoma nusxasi.
- Passport nusxasi.
- Ingliz tili sertifikati. (kamida B2 darajada).
- 3 ta esse (esse savollari ariza shaklida berilgan). Batafsil.
Hujjatlarga qoʻyilgan talablar
Grant dasturiga topshiriladigan hujjatlar quyidagi talablarga javob berishi maqsadga muvofiq:
- Arizaning hamma boʻlimlari toʻldirilgan boʻlishi kerak (toʻliq boʻlmagan arizalar qabul qilinmaydi)
- Talab qilingan barcha hujjatlar taqdim etilishi zarur
- Arizada keltirilgan ma’lumotlarning barchasi haqqoniy boʻlishi hamda ariza ingliz/nemis tilida toʻldirilishi zarur
- Barcha hujjatlar ingliz/nemis tilida boʻlishi, ingliz/nemis tilida boʻlmagan hujjatlarning asl nusxasi va notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim etilishi kerak
- Roʻyxatda soʻralmagan hujjatlarni, hujjatlaringizning original nusxasini joʻnatmang
- Arizada berilgan kontakat raqamlari va email manzillarning toʻgʻriligiga, doim tekshirib turilishiga e’tibor bering
- Arizaning grammatik hamda stilistik jihatdan toʻgʻri toʻldirilganligiga ahamiyat bering
- Arizani joʻnatishdan oldin undan nusxa koʻchirib oling.
Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Barcha hujjatlar ingliz/nemis tilida boʻlishi va quyidagi manzilga pochta orqali yuborilishi zarur:
Institute of Tourism and Hotel Management
Klessheimer Strasse 4, 5071
Siezenheim, Austria
Universitetga hujjat topshiruvchilarning soni juda koʻpligini hisobga olgan holda hujjat topshirish faqat pochta orqali amalga oshiriladi. Hujjatlarning oʻz vaqtida yetib borishiga nomzodning oʻzi javobgar hisoblanadi. Kechikib yetib kelgan hujjatlar koʻrib chiqilmaydi.
Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni unversitetning rasmiy sayti yoki grant haqidagi ma’lumotnomadan bilib olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Tel: +43 (0)662 851263 – 11
Fax: +43 (0)662 851263 – 25
E-Mail: office@ith-salzburg.at