Xalqaro AIESEC tashkiloti dasturalash va kompyuter fanlari mutaxassislarini Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur Avstriyaning Vena shahrida joylashgan JobsAT portalida ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar internet tarmogʻi va korporativ tizimda ish olib borishlari kutilmoqda. Dastur 2019-yil 1-sentabrdan 2020-yil 28-fevral oraligʻida 26 hafta davom etadi.
Grant kimlar uchun?
Computer Sciences, Software Development And Programming mutaxassislari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 26 hafta davomida turar joy ajratiladi hamda oylik 2 898 yevro stipendiya beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- 18 dan 30 yoshgacha nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
- Nomzod Computer Sciences, Software Development And Programming boʻyicha mutaxassis boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod JobsAT portalida ishlashi kutilmoqda. Shu sababli kompyuter va internet tarmogʻida ishlash, dasturlash, CSS, Laravel, PHP, GIT, MySQL, Javascript dasturlarida ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
- Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
- Nomzod viza talablariga javob berishi lozim. Viza soʻrovi uchun: shu yerga murojaat qiling.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 19-iyulgacha. Hujjat topshirish uchun ariza onlayn tarzda toʻldirilishi lozim. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
Hujjatlar tarkibi:
Onlayn toʻldirilgan ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilib tizimga yuklanadi:
- Pasport nusxasi.
- Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi. Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
- IELTS yoki TOEFL sertifikati.
- Tibbiy ma’lumotnoma.
Barcha hujjatlar tizimga yuklanadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan ma’lumot olishingiz mumkin.
Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.
Murojaat uchun: onlayn chat