×

Avstriyada tadqiqot olib borish uchun 81 429 AQSh dollarigacha stipendiya; farzandli tadqiqotchilar uchun moddiy ko’mak ajratiladi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

2239 marta

Avstriyaning Vena shahrida joylashgan Fonds zur Förderung der wissenschaftlichen Forschung (FWF) jamg’armasi navbatdagi  Lise Meitner Programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi 2 yilgacha moʻljallangan boʻlib, Avstriyaning limit izlanish markazlaridan hamkorlikda ishlash taklifini olgan, tadqiqotlari bilan davlat rivojiga hissa qo’sha oladigan post-doktarantura va senior post-doktarantura tadqiqotchilari uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Post-doktarantura va senior post-doktarantura tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida tadqiqotchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Post-doktarantura tadqiqotchilariga yillik 66 070 yevro (taxminan 74 074 AQSh dollari) miqdorida;
  • Senior post-doktarantura tadqiqotchilari uchun 72 630 yevro (taxminan 81 429 AQSh dollari) miqdorida mablag’ ajratiladi.
  • Tadqiqot ishi bilan bog’liq xarajatlarga yillik 12 000 yevrogacha (taxminan 13 453 AQSh dollari) miqdorda mablag’ ajratiladi.
  • FWF jamg’armasi muvaffaqiyatli, o’zini oqlagan tadqiqotlar uchun dastur nihoyasiga yetgach ham 3 yil mobaynida chop etiladigan nashrlar uchun mablag’ ajratadi. Batafsil
  • Oilali tadqiqotchilarning har bir farzandiga yillik 1 500 yevro (taxminan 1 681 AQSh dollari) miqdorida mablag’ ajratiladi.

Grantning manfaatli jihatlari haqida bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Avstriya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod oxirgi ikki yil davomida Avstriyada yashamagan/tadqiqot olib bormagan bo’lishi karak.
  3. Nomzod fan doktori darajasiga ega bo’lishi kerak.
  4. Nomzod Avstriya tadqiqot markazlaridan birining birga ishlash taklifini qo’lga kiritgan bo’lishi kerak.
  5. Nomzoda bir qator maqola va ilmiy ishlanmalar chop ettirgan bo’lishi zarur (nashrlarga oid talablar haqida bu yerda bilib oling).
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  7. Chop etilgan nashrlar ingliz tilida bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar yilning istalgan vaqtida https://elane.fwf.ac.at manzili orqali qabul qilinadi.

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni tashkilotchining rasmiy saytidan yoki dastur qo’llanmasidan olishingiz mumkin. Murojaat uchun raqamlar bu yerda.

Talab etiladigan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Tadqiqot rejasi.
  3. Loyiha tavsifi (belgilar soni 50 000dan oshmasligi kerak).
  4. Chop etilgan nashrlar ro’yxati.
  5. Tadqiqot ishining nazariy ishlanmasi.
  6. Hamkor tadqiqotchilar ro’yxati.
  7. Milliy va xalqaro hamkorlik haqidagi rejalar.
  8. Tavsiyanomalar.
  9. CV.

Barcha hujjatlar va ariza ingliz tilida taqdim etilishi zarur.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!