Birlashgan Arab Amirliklari qiroli tashabbusi bilan tashkil etib kelinadigan Hamdan International Photography Award (HIPA) dunyo bo’ylab barcha iqtidorli fotograflarni navbatdagi, 8-dasturda ishtirok etishga taklif etadi. Mukofot jamg’armasi san’at va madaniyatni rivojlantirish hamda iqtidorli fotosuratchilarni qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Tanlov qatnashchilari uchun har yili asosiy mavzu tanlanib , shu mavzu tanlov shukuhi va asosiy voqeasi sifatida muxrlanadi. Bu yilgi mavzu esa Umid (Hope). Tanlovda Umid, Portfolio (biror voqea yoki hikoyani o’zida aks ettirgan suratlar), Umumiy (oq-qora va rangli rasmlar) va Videolar (havo dronlari orqali tushirilgan videolar) kategorilayalari bo’yicha ishtirok etish mumkin.
Grant kimlar uchun?
Fotosuratchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovning asosiy sovrindori – Gran Pri mukofotiga loyiq ko’rilgan qatnahshchi 120.000 AQSh dollari pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Gran Pri sovrini uchun eng yaxshi ish tanlab olinadi, bu ish Umid kategoriyasi ostida bo’lishi shart emas, hamma kategoriyalar maxsus sovrinlar va Gran Pri uchun birdk ko’rib chiqiladi. Har bir kategoriya bo’yicha 5 (6) tadan sovrinli o’rin ajratilgan bo’lib, mukofot ishtirokchi egallagan o’ringa qarab belgilanadi.
Jumladan :
Umid kategoriyasi bo’yicha birinchi o’rinni egallagan ishtirokchiga 25000 AQSh dollari mukofot beriladi. Qolgan 4 ta o’rinlar uchun ajratilgan pul mukofotlari kamayish tartibida bir-biridan 5000 AQSh dollariga farq qiladi.
Portfolio (Story-telling) kategoriyasi bo’yicha birinchi o’rinni egallagan ishtirokchiga 20000 AQSh dollari mukofot beriladi. Qolgan 4 ta o’rinlar uchun ajratilgan pul mukofotlari kamayish tartibida bir-biridan 2000 AQSh dollariga farq qiladi.
Videolar kategoriyasi 1-o’rin sohibiga 16000, 2-o’ringa 13000, 3-o’ringa 11000, 4-o’ringa 9000 va 5-o’ringa 7000 AQSh dollari pul mukofoti ajratilgan.
Umumiy kategoriya bo’yicha, Oq-qora va Rangli rasmlar guruhlarining har biri uchun uchtadan sovrinli o’rin ajratilgan bo’lib, g’oliblarga 15000 AQSh dollari (1-o’rin), 12000 AQSh dollari (2-o’rin) va 10000 AQSh dollari (3-o’rin) miqdoridagi pul mukofotlari ajratilgan.
Undan tashqari, tanlovning uchta maxsus nominatsiyalari g’oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:
- Photography Apperciation Award – 20000 AQSh dollari
- The Photography Content Creator Award – 15000 AQSh dollari
- Emerging Person/Organization in Photography Award – 10000 AQSh dollari
Talablar:
Tanlov ishtirokchilar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:
- Tanlovda qatnashish barcha uchun ochiq, nomzodning dini, irqi, millati, fuqaroligi, jinsi va shu kabilarga cheklovlar qo’yilmagan. Nomzodning yoshi 18dan o’tgan bo’lsa yetarli.
- Bir ishtirokchi har bir kategoriya bo’yicha 1 tadan ish taqdim etishi mumkin. lekin Portfolio yo’nalishida taqdim etilgan fotosuratlar soni 5-10 ta bo’lishi zarur, shunday fotosuratlar seriyasi bunday kategoriya uchun “bitta ish” deb qabul qilinadi, chunki ular birgalikda biror voqeani so’zlay olishi zarur.
Taqdim etiladigan fotosuratlarga qo’yilgan texnik talablar:
- Tanlovga taqdim etilayotgan fotosuratlar nihoyatda sifatli va tiniq bo’lishi, formati JPEG, hajmi kamida 5MB, eng uzun qirrasi (longest edge) o’lchami kamida 2000 pixel, sifati kamida 300dpi bo’lishi zarur.
- Videolar kategoriyasi uchun topshirilayotgan video dron yoki shu kabi avtomatik qurilma orqali olingan bo’lishi Taqdim etilayotgan video nihoyatda tiniq va yuqori sifatli bo’lishi, formati full HD yoki 4K (!) va uning davomiyligi 3-5 minut, o’lchamlari 1920 x 1080, va “aspect ratio” 16:9 bo’lishi kerak.
- Tanlov uchun taqdim etilayotgan ishlar avval boshqa biror tanlovda qatnashmagan bo’lishi lozim.
- Taqdim etilayotgan fotosuratlar va videolarda hech qanday imzo, muhr, belki, yozuv, ism-sharif va shu kabi belgilar bo’lmasligi shart. Batafsil ma’lumot
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlov uchun ishlar onlayn tarzda qabul qilinafi. Tanlovda qatnashish uchun qatnashchilar HIPA’ning rasmiy vebsaytida ro’yxatdan o’tishlari va, ishlarini 2018-yil 31-oktabrdan kechiktirmasdan (BAA vaqti bilan) taqdim etishlari zarur. Taqdim etilgan ishlarning asl nusxalari ham talab etilishi mumkin.