Kopernik grant dasturi O’rta Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlaridan talabalarni o’qishga taklif qiladi. Talabalar Gamburg yoki Berlin shahridagi universitetda o’z yo’nalishlari bo’yicha o’qishadi. Dastur huquqshunoslik, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, gumanitar va ijtimoiy fanlar hamda arxitektura yo’nalishlari bo’yicha talabalarni Germaniyada o’qishga qabul qiladi. Talabalar bir semestr (6 oy) universitetda o’qishadi va 2-3 oylik amaliy tajriba o’tashadi. O’qish davomida talabalar nemis oilalari bilan birgalikda yashaydi. O’qish 2016-yilning aprel oyida boshlanadi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Barcha xarajatlar dastur tomonidan qoplanadi, jumladan:
- O’qish xarajatlari;
- Turar-joy xarajatlari;
- Oylik stipendiya;
- Tibbiy sug’urta;
- Safar xarajatlari.
Talablar:
Ishtirok etmoqchi bo’lganlar:
- O’z davlatida bakalavrlik darajasida o’qiyotgan bo’lishi (kamida bir semestr o’qigan bo’lishi lozim);
- Mazkur dasturda ishtirok etib bo’lgandan keyin, o’z davlatidagi o’qishi 6 oydan kam bo’lmagan muddatda tugamasligi;
- Nemis tilini B2 yoki C1 darajada bilishi (juda yaxshi bilish) kerak;
- Germaniyada muqaddam 4 oydan ko’p vaqt o’tkazganlar dasturda qatnasha olmaydi;
- Umumxalq manfaati uchun xizmat ko’rsatish, ya’ni volontyorlik kabi ishlarga qiziqadiganlarga afzallik beriladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Ariza to’ldirish tartibi:
Ariza onlayn shaklda email orqali stip-bewerbung@copernicus-stipendium.de manziliga yuborilishi yoki pochta orqali yuborish ham mumkin. Arizangizni pochta orqali quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:
Copernicus Hamburg e.V.
Middle 11-12
20148 Hamburg
Ariza tarkibi (kerakli hujjatlar):
- Ariza formasini SHU YERDAN yuklab oling;
- Dasturda ishtirok etishdan maqsadlaringiz ifodalangan qisqa insho;
- Rezyume;
- Ijtimoiy mas’uliyat – volontyorlik ishlaringiz haqida, agar qilmagan bo’lsangiz, buning sabablarini tushuntirgan qisqa insho;
- Mezbon oilaga xat (qo’lda yozganingiz ma’qul)
- Maktab shahodatnomasidan nusxa (nemis tiliga norasmiy tarjima nusxasi ham qabul qilinadi);
- Nemis tilini B2 yoki C1 darajasida bilishingizni tasdiqlovchi hujjat;
- Universitetda o’qishingiz to’g’risida ma’lumotnoma;
- Fotosurat (pasport uchun olingani ham bo’laveradi);
- Arxitektura protfoliosi (Arxitektura yo’nalishi).