×

Beasiswa Kemitraan Negara Berkembang (KNB) grantlari: Indoneziyada bakalavr, magistratura va doktorantura uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

04.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Indoneziya

O'QILGAN

2497 marta

Ushbu grant dasturiga ariza topshirishda O’zbekistondagi Indoneziya elchixonasidan tavsiya xati zarur. Shuning uchun, hujjat topshirishdan avval elchixonaga murojaat qilinadi. Telefon: +998712320238.

Indoneziyada o’qish uchun Beasiswa Kemitraan Negara Berkembang (KNB) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar rivojlanayotgan davlatlar fuqarolariga Indoneziyaning 23 ta universitetida bakalavr, magistratura va doktoranturada o’qish imkonini beradi.

Dasturga qabul qilingan talabalar bir yil indoneziya tilini o’rgangach, 4 yil bakalavr, 2 yil magistratura yoki 3 yil doktorantura kursida o’qiydi. O’qish tili indoneziya tilida bo’ladi, lekin hujjat topshirish vaqtida ingliz tilini bilish kifoya, chunki indoneziya tili hammaga til kurslari orqali keyinchalik o’rgatiladi.

Dasturda Indoneziyaning 23 universiteti ishtirok etadi. Shu universitetlardagi istalgan kurs uchun grant yutib olish mumkin. Universitetlar ro’yxati va kontaktlari grant nizomida ko’rsatilgan.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaning Indoneziyada til kursida ishtirok etish va o’qish xarajatlari to’liq qoplab beriladi:

  1. Talabaning kontrakt to’lovi kurs oxirigacha to’liq qoplab beriladi.
  2. Talabaga aviachiptalar olib beriladi.
  3. Talabaga yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi. Talaba til kursini tamomlab, o’quv kursini (bakalavr, magistratura, doktorantura) boshlaganda stipendiyasiga darslik va tadqiqot uchun mablag’ qo’shiladi.
  4. Talaba tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi (oyiga 400 000 IDR (28 AQSh dollari)).
  5. Talaba Indoneziyaga kelganda joylashib olishi uchun unga bir martalik 1 500 000 IDR (105 AQSh dollari) mablag’ beriladi.

Talablar:

  • Bakalavrga qabul uchun maktab/litsey/kollej diplomi; magistraturaga qabul uchun bakalavr diplomi; doktoranturaga qabul uchun magistratura diplomi talab qilinadi.
  • Barcha nomzodlar Indoneziyaning O’zbekistondagi elchixonasidan tavsiya xati olishi lozim.
  • Ingliz tilidan: bakalavr va magistraturaga qabul uchun kamida IELTS 6,0, TOEFL IBT 80 yoki TOEIC 700 sertifikatiga; doktoranturaga qabul uchun IELTS 7,0 yoki TOEFL IBT 90 sertifikati talab qilinadi.
  • Bakalavr va magistraturaga qabul uchun O’zbekistondagi Indoneziya elchixonasidan tavsiyanoma (1) va nomzodga ish beruvchi, ilmiy rahbar yoki nazoratchidan tavsiyanoma (2) topshiriladi.
  • Doktoranturaga qabul uchun Indoneziyadagi ilmiy rahbardan tavsiyanoma talab qilinadi. Buning uchun hujjat topshirilayotgan universitetdan ilmiy rahbar topish zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun O’zbekistondagi Indoneziya elchixonasi tomonidan berilgan tavsiya xati zarur. Hujjat topshirish uchun Indoneziyaning O’zbekistondagi elchixonasiga +998712320238 raqamiga murojaat qiling. Kerakli hujjatlar topshirilgach, suhbat bo’ladi va keyingi bosqichlar haqida ma’lumot beriladi. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 4-may

Grant dasturi haqidagi barcha ma’lumot grant nizomida batafsil berilgan.

Elchixonaga topshiriladigan kerakli hujjatlar (elchixona talabiga ko’ra ma’lum hujjatlar qo’shilishi mumkin):

  1. Diplom va baholar
  2. Tavsiyanoma (ish beruvchi yoki nazoratchi tomonidan beriladi; doktorantura uchun esa Indoneziyadagi ilmiy rahbardan olinadi)
  3. Ingliz tili sertifikati
  4. Pasport nusxasi.

KNB granti tashkilotchilari bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish uchun beasiswaknb@kemdikbud.go.id manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!