×

Belgiya: magistratura uchun to’liq grant


Grant

MUHLAT

15.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belgiya

O'QILGAN

4426 marta

Belgiyada joylashgan KU Lauven universitetining Science@Lauven Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.  Ushbu grant dasturi shu universitet Faculty of Science (Fanlar fakulteti) tomonidan tashkil etilgan bo’lib, fakultetda tarkibida o’qitiladigan magistratura kurslari uchun mo’ljallangan. Grantlar fanlar fizika, statistika, kimyo va geografiya yo’nalishlaridagi magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli talablarga beriladi. Grant dasturidan maqsad iqtidorli va umidli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Quyidagi kurslar uchun grant yutib olish mumkin:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Science@Lauven grantining miqdori 10 000 yevrogacha mablag’ni tashkil etishi mumkin. Grant miqdori vaziyatdan kelib chiqib belgilanadi, lekin talabaga beriladigan grant doim o’qish kontraktini to’liq qoplashga, sug’urtaga va ma’lum miqdorda stipendiya ham berishga yetadigan qilib beriladi. Grant bir yil uchun beriladi, agar nomzod ikki yillik magistratura kursida o’qisa va kelasi yil ham grant yutishni xohlasa, birinchi kursda a’lo baholarga o’qishi va juda yaxshi natijalarga erishishi zarur. Xarajatlar haqida batafsil

Talablar:

Quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga grant beriladi:

  1. Nomzod KU Lauven universiteti ko’rsatilgan magistratura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod Lauven universitetida ilgari o’qimagan va ishlamagan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ilgari magistratura yoki doktorantura bosqichida o’qimagan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod bakalavr bosqichida a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tili a’lo darajada bilishi zarur. Qabul va grant uchun kamida IELTS 7 yoki TOEFL 94 ballari talab qilinadi.
  6. Nomzod o’zida KU Lauven magistratura kursida o’qishga kuchli qiziqish va intilish aks ettirishi kerak.
  7. Nomzod Universitet va grant dasturini targ’ib qilishga tayyor bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun avvaliga magistratura kursiga o’qishga hujjat topshirish kerak. Buning uchun bu yer orqali tizimda ro’yxatdan o’tib, ariza jarayonini boshlash kerak. Magistratura kurslariga hujjatlar mart oyigacha qabul qilinadi lekin grant yutishni xohlovchilar 2019-yil 15-fevralgacha ariza topshirishlari shart. Ro’yxatdan o’tgach “+” belgisini bosish orqali ariza sahifasiga kirish mumkin bo’ladi. Barcha kerakli ma’lumotlar tizimga kiritlgach, kerakli hujjatlarni tizimga yuklash kerak bo’ladi:

  1. IELTS yoki TOEFL sertifikati.
  2. Diplomlar va baholarni ko’rsatuvchi hujjat (tarjimalari bilan).
  3. Nomzod kursga hujjat topshirgani va ariza to’lovini (75 yevro) amalga oshirganini ko’rsatuvchi dalil (bank yoki kredit kartadan pul to’langani qayd etilgan biror hujjat).
  4. Passport nusxasi.
  5. Motivatsion xat.
  6. CV.
  7. Ba’zi kurslar uchun tavsiyanomalar va GMAT, SAT, ACT yoki GRE’dan natijalar talab qilishi mumkin. Shuning uchun o’zingiz hujjat topshirayotgan kurslarning mahsus talablari bilan tanishib chiqishingiz zarur.

Hujjatlar PDF formatida yuklanishi kerak. Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil

Ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki bu yer orqali universitet bilan bog’lanishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!