×

Science@Leuven Scholarships: Belgiyada Magistratura bosqichida tahsil olish uchun toʻliq grantlar!


Grant

MUHLAT

15.02.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belgiya

O'QILGAN

9691 marta

Belgiyada joylashgan KU Leuven universiteti navbatdagi Science@Leuven Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi shu universitetning Faculty of Science (Ilm-fan fakulteti) tomonidan tashkil etilgan boʻlib, fakultetda tarkibida oʻqitiladigan muayyan magistratura kurslariga oʻqishni kirgan iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan.

Ushbu granti qoʻlga kiritish uchun nomzodlar quyidagi magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirishi kerak:

Master of Statistics QASS dasturiga topshiruvchilar grantga nomzod boʻla olmaydi.

Yuqorida sanalgan dasturlardan boshqa dasturlarga ariza topshiruvchilar Science@Leuven Scholarships grantiga hujjat topshira olmaydi.

Maʼlumot uchun: KU Leuven universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2021-yil oktabr oyi holatiga koʻra, ushbu universitetdan dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 42-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Science@Lauven grantini qoʻlga kiritgan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
  • Sugʻurta va asosiy tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Yiliga 10 000 yevrogacha stipendiya beriladi. Har bir talaba uchun yillik stipendiya miqdori qancha boʻlishini Science@Leuven jamgʻarmasi kengashi hal qiladi.

Aksariyat magistrlik dasturlari 2 yillik. Granti yutgan talaba keyingi yilda ham grantni oʻzida saqlab qolish uchun 1-yilni yuqori natijalar bilan tamomlashi kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Istalgan davlat fuqarolari ushbu grantga ariza topshira oladi.
  2. Oldin Leuven universitetida oʻqimagan yoki ishlamagan boʻlish kerak.
  3. Nomzod bakalavriatni Belgiyadan boshqa davlatdagi universitetda oʻqigan boʻlishi kerak. Bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan talabalar ham topshira oladi.
  4. Magistrlik yoki PhD darajasiga (diplomiga) ega boʻlmaslik kerak.
  5. Hozirgacha olingan taʼlimda a’lo natijalarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  6. Ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Qabul va grant uchun kamida IELTS 7 yoki TOEFL iBT 94 ballari talab qilinadi. Til talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing.
  7. Nomzod KU Leuven universitetining Ilm-fan fakultetidagi magistratura kursida oʻqishga boʻlgan kuchli motivatsiyani namoyon qilishi kerak.
  8. Nomzod dastur elchisi vazifasini bajarishga rozi (tayyor) boʻlishi kerak.

Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantga talabgor sifatida koʻrib chiqilish uchun 2022-yil 15-fevralgacha magistratura va grantga ariza topshirish lozim. Maggistrlik kurslariga undan keyin ariza topshirganlar grantga talabgor sifatida koʻrib chiqilmaydi.

Hujjat topshirish quyidgicha amalga oshiriladi:

  1. Grantga ariza berish uchun avval magistratura kursiga onlayn tizim orqali hujjat topshirish kerak. Magistrlik kursiga qanday ariza topshirish haqida BU YERDA batafsil tanishing.
  2. Magistraturaga ariza topshirish boʻyicha onlayn tizimga quyidagi hujjatlar yuklanishi kerak:
    – bakalavriatda oʻtilgan barcha fanlar (kurslar) soni va ulardan olingan baholar;
    – oʻzingiz topshirayotgan masgitrlik dasturiga tayyorgarlik vazifasni bajara oladigan oʻzingiz oʻqigan yoki hozirda oʻqiyotgan kurslar (fanlar) uchun qisqa tavsif (yarim yoki bir bet). Fanlar ECTS qoʻllanmasiga muvofiq yozilishi kerak (Namuna);
    – xalqaro darajadagi professorlardan 2 ta tavsiyanoma;
    – Magistrlik dasturi uchun motivatsiya xati.
  3. Magistratura kursiga ariza topshirganingizdan so’ng hujjat topshirilgani haqida tasdiq xabari ekranda ko’rsatiladi. MUHIM: shu xabarni skrinshot ko’rinishida saqlab oling, skrinshotni Science@Leuven Scholarship granti uchun roʻyxatdan oʻtganda tizimga yuklashingiz kerak.
  4. Bu yerda grantga ariza topshiring. Elektron pochta manzilingizga tasdiq xabar kelgandan keyin grantga arizangiz muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.

Magistratura kursiga ariza topshirish toʻlovi mavjud (75 yevro). Magistratura kursiga ariza topshirishda talab etiladigan hujjatlar bilan BU YERDA tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldiin grant haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!