×

Belgiya: Magistraturada o’qish uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

30.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belgiya

O'QILGAN

5486 marta

Flandriya hukumati iqtidorli nomzodlarga Flandriya va Bryusselda magistratura bosqichida o’qish uchun 30tadan 40 tagacha grant taqdim etadi. Arizalar Flandriyaning barcha universitetlari va San’at oliygohlaridan qabul qilinadi. Nomzodlar o’z arizalarini to’g’ridan-to’g’ri topshirish imkoniga ega emaslar. Grantga ariza topshirish uchun nomzod Flandriyaning ma’lum bir universiteti magistratura bosqichiga qabul qilingan bo’lishi kerak.  Arizalar nomzod qabul qilingan universitet tomonidan taqdim etilishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga yillik kontrakt so’mmasining maksimum 8000 yevrogacha miqdori to’lab beriladi.

Talablar:

  • Nomzod Flandriya universitetlaridan birida magistraturaga qabul qilinishi va o’qishni boshlash arafasida bo’lishi kerak;
  • GPA ko’rsatkichi 4 dan 3.0 ga teng bo’lishi lozim;
  • Ingliz tilida erkin so’zlashish darajasiga ega (IELTS 7.0/ CAE dan C1, TOEFL 100) bo’lishi kerak.

San’at yo’nalishida o’qishni xohlovchilar  uchun ingliz tili:

  • IELTS 6.5 /TOEFL 90 yoki B2 CAE darajasi

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  1. Passport o’lchamidagi surat.
  2. Passport nusxasi.
  3. Baholar ilovasi (agar boshqa tilda bo’lsa Fransuz, Ingliz yoki Golland tilida notarius tomonidan tasdiqlangan original tarjima).
  4. Ingliz tili darajasini ko’rsatuvchi test natijasi.
  5. Ingliz tilida yozilgan motivatsion xat.
  6. Ikkita tavsiyanoma (nomzodga bakalavr bosqichida dars bergan professorlar tomonidan beriladi)
  7. Diplom(lar) nusxasi (agar boshqa tilda bo’lsa Fransuz, Ingliz yoki Golland tilida notarius tomonidan tasdiqlangan original tarjima).
  8. O’z arizasi universitet tomonidan topshirilishi uchun uchta motivatsion sabab.

Hujjat topshirish jarayoni

  1. Nomzod arizasini o’zi tahsil olmoqchi bo’lgan universitetga taqdim etadi (nomzod universitetga qabul qilingan bo’lishi kerak).
  2. Universitet arizani qabul qiladi.
  3. Universitet nomzod uchun Mobility-Online dasturi yordamida Master Mind granti uchun ariza faylini shakllantiradi.
  4. Nomzodga Mobility-Online tomonidan Master MIND Granti uchun nomzodi qo’yilganligi haqida email orqali xabar qilinadi.
  5. Nomzod Mobility-Online dasturida o’z profiliga kirib xujjatlarini joylashtiradi.
  6. Universitet xujjatlarni ko’rib chiqib ularni tasdiqlaydi va grant dasturiga taqdim etadi. 2018-yil 30- aprel GMT+1 vaqti bilan soat 12 dan o’tganda topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.

Flandriyadagi universitetlar ro’yxati:

KU Leuven / University of Leuvenhttps://www.kuleuven.be/english/international/funding/mastermind

University of Antwerphttps://www.uantwerpen.be/en/education/international/international-students/scholarships/mastermind/

Ghent Universityhttps://www.ugent.be/en/research/funding/devcoop/grants-scholarships/master-mind

Hasselt Universityhttps://www.uhasselt.be/scholarships

Vrije Universiteit Brusselhttp://www.vub.ac.be/en/scholarship/mastermind

University colleges (Arts and Nautical Sciences):

Antwerp Maritime Academyhttp://www.hzs.be/en/

Artesis Plantijn University College Antwerphttps://www.ap.be/international

Erasmus University College Brusselshttp://www.erasmushogeschool.be/international/studying

Karel de Grote University Collegehttp://www.kdg.be/international/kdg-in-english

LUCA School of Artshttp://www.luca-arts.be/en/exchange-students

PXL University Collegehttps://pxl-mad.be/en

University College Ghenthttps://www.hogent.be/en/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!