×

Belgiya: PhD engineering design uchun to‘liq grant


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belgiya

O'QILGAN

1742 marta

Belgiyaning Kortreyk shahrida joylashgan Universiteit Gent (De UGent) PhD bosqichi uchun PhD scholarship in engineering design education dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Campus Kortrijkdagi The Department of Industrial Systems Engineering and Product Designda PhD dissertatsiyasi tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Grant to‘rt yilga beriladi. Grant yutib olgan tadqiqotchi “Enhancing engineering design education through peer-assisted learning and technology-enhanced environments” mavzusida izlanishlarni amalga oshirish kerak.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga to‘rt yilga kontrakt pulini to‘liq qoplab beriladi.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi, ularni talabaning o‘zi to‘lashi kerak bo‘ladi.

Talablar:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning universitetning Campus Kortrijkdagi The Department of Industrial Systems Engineering and Product Designda PhD kurslaridan biriga o‘qishga kirgan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi bo‘lishi zarur. Odatda baholar 2:1 bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 7,0 bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod MSc degree in Engineering Design, Industrial/Product Design, Engineering Technology yoki ekvivalent diplomga ega bo‘lishi kerak.
  • Nomzod design thinking; design research bo‘yicha yaxshi bilimga ega bolishi lozim.
  • Nomzod design education va problem-based learningga qiziqishi hamda  technology-enhanced learningni o‘rganishga tayyor bo‘lishi zarur.
  • Nomzod kreativ, izlanuvchan, salohiyatli, tanqidiy fikrlaydigan bo‘lishi kerak.

Grantga oid barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning Campus Kortrijkdagi The Department of Industrial Systems Engineering and Product Designda PhD kurslarida o‘qish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi PhD kursiga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish lozim. Dedlayn 30-iyungacha.

O‘ishga hujjat topshirish tartibi va talablari: shu yerda berilgan.

Savollar yuzasidan marina.emmanouil@ugent.bega murojaat qiling.

Grantga ariza “PhD 2019-20 – BOF Grant” sarlavhasi qo‘yiladi. Barcha hujjatlarni bitta PDF fayla joylash kerak. Fayl hajmi 10 mbgacha bo‘lishi lozim. Faylni EA18_PhD 2019-20_BOF_Your surname.pdf deb nomlang va marina.emmanouil@ugent.be manziliga jo‘natiladi.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Cover letter va motivatsion xat (1 betgacha).
  • CV (2 betgacha).
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Bitta design work.
  • Bitta maqola/tesis.

Hujjatlari loyiq deb topilgan nomzodlar iyul oyida suhbatdan o‘tadilar. Qo‘shimcha ravishda:

  • Tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 7,0 yoki ro‘yxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar so‘ralishi mumkin.
  • Ish tajribangiz haqida ma’lumot.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot kabi hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Grantga hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar grantga  aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va ilmiy salohiyati, kreativligi kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: marina.emmanouil@ugent.be

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!