×

Belgiya: PhD uchun toʻliq grant; oylik 3 606 yevro stipendiya; oila a’zolariga qoʻshimcha mablagʻ beriladi; joy – 21 ta!


Grant

MUHLAT

01.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belgiya

O'QILGAN

3088 marta

Belgiyaning Bryussel shahrida joylashgan Free University of Brussels barcha yoʻnalishlar uchun 2020-21-yilgi Individual Fellowship at the Université libre de Bruxelles (IF@ULB) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar tajribali tadqiqotchi olimlar uchun ajratiladi va dastur doirasida qatnashchilar tadqiqotlarini samarali olib borishlari uchun kerakli barcha sharoitlarni ta’minlab beriladi. Tadqiqot grantlari 5 yillik muddat ichida 21 ta olimni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashi nazarda tutilgan. Dasturda qatnashish uchun tadqiqot takliflari barcha sohalarda berilishi mumkin, lekin ular quyidagi 3 ta toifaga boʻlinadi:

  1. Ijtimoiy va gumanitar fanlar
  2. Fizika va muhandislik fanlari
  3. Tabiiy fanlar.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan olimlarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

  1. Dastur qatnashchilariga oyiga 3 606 yevro miqdorida stipendiya beriladi.
  2. Qatnashchining sayohat xarajatlari uchun 400 yevro ajratiladi.
  3. Agar qatnashchi oilasi bilan kelsa, uning oilasi uchun qoʻshimcha yana 150 yevro beriladi.
  4. Tadqiqot davomida ketadigan transport xarajatlarini qoplash uchun 200 yevro ham toʻlanadi.
  5. Undan tashqari, tadqiqotni olib borishda sarf boʻladigan xarajatlarga yoʻnaltirish uchun yana 500 yevro mablagʻ ajratiladi.
  6. Boshqa xarajatlar uchun qoʻshimcha 300 yevro toʻlanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod tajribali tadqiqotchi boʻlishi kerak. Nomzod PhD darajasini olgan va 7 yilgacha ish tajribasiga darajasiga ega boʻlishi, yoki PhD darajasiga ega boʻlmasa ham 4-11 yillik professional tadqiqot tajribasi boʻlishi zarur. Ish yoki tadqiqot tajribasi hujjatlar orqali isbotlanishi kerak.
  3. Hujjat topshirayotgan payt nomzod oxirgi uch yil davomida Belgiyada 12 oydan uzoq muddat davomda yashamagan boʻlishi kerak.
  4. Nomzodlar hujjat topshirayotgan payt oxirgi 6 oy ichida Belgiyadan hech qanday boshqa turdagi grant olmagan boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar tashkilotchi rasmiy saytidagi platformada onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza berishdan avval yo’riqnomani diqqat bilan o’qib chiqing. Hujjatlar 1-maydan boshlab qabul qilinadi.  Dedlayn – 2020-yil 1-sentabr.

Arizaga quyidagi hujjatlarni PDF formatda ilova qilish kerak:

  1. PhD bosqichini olganlikni isbotlovchi hujjatlar.
  2. Agar nomzod PhD unvonini olmagan boʻlsa, 4-11 yillik professional tadqiqot tajribasini isbotlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak.
  3. 5 sahifadan oshmagan CV. CVda nomzod haqida toʻliq ma’lumot va nashrlar roʻyxati boʻlishi kerak. Buning uchun kerakli hujjat formasi onlayn registratsiya qilinadigan saytda berilgan.
  4. Tadqiqot taklifi (research proposal). Tadqiqot taklifi 10 sahifadan oshmasligi zarur va unda tadqiqot haqidagi barcha muhim ma’lumotlar boʻlishi kerak. Bu hujjat ham maxsus formada topshirilishi zarur. Formani roʻyxatdan oʻtiladigan saytdan olish mumkin.
  5. Free University of Brussels’ning vakilidan tasdiqlovchi xat. Bu xatni dasturda ishtirok etadigan olimlarga nazoratchilik qiladigan shaxs berishi zarur. Xatda nazoratchi agar nomzod dasturda ishtirok etc, u kerakli tayyorgarlikdan oʻtishi va nazorat ostida boʻlishini tasdiqlashi kerak. Nazoratchilar bilan bogʻlanish uchun shu yerga murojaat qiling.
  6. Passpor nusxasi.

Saralash natijalari 2021-yil 31-martda e’lon qilinadi. Agar nomzod dasturga qabul qilinsa, unda qatnashishini natija e’lon qilinganidan keyin 7 kun ichida tasdiqlashi kerak.

Bogʻlanish uchun: ulb-cofund@ulb.ac.be.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!