Berggruen Prize insholar tanlovi har yili o‘tkaziladigan xalqaro tanlov bo‘lib, uning maqsadi – zamonaviy dunyo va kelajak uchun dolzarb bo‘lgan falsafiy savollar yuzasidan yangi va innovatsion fikrlarni ilgari surishdir. Tanlov turli fanlar, madaniyatlar va hududlarni qamrab olgan, keng nuqtai nazarga ega insholarni qo’llab-quvvatlaydi.
Joriy yilgi tanlov mavzusi — ong (consciousness) masalasidir. Ishtirokchilardan shu mavzuga oid chuqur, asosli va original fikrlar bildirilgan insholar topshirilishi talab etiladi. Bu tanlov Berggruen falsafa va madaniyat mukofotining bir qismi sifatida ilmiy bo‘lmagan, ammo intellektual jihatdan jiddiy yondashuvdagi ishlarga e’tibor qaratadi.
Insholar ong mavzusini turli yo’nalishlar, sohalar va g’oyalar orqali yoritib berishi mumkin, shu jumladan:
- Ongning kelib chiqishi va shakllanishi
- Ongning moddiy tabiati
- Insonga xos bo’lmagan ong (shu jumladan sun’iy intellekt)
- Ongning namoyon bo‘lishi
- Ongning chegarasi
- Ong va hayot o‘rtasidagi bog‘liqlik
- Ongning evolyutsiyasi
- Turli kosmologiyalarda ong mavzusi va hkz.
Yozuvchi ong mavzusida izlangan faylasuf va yozuvchilarning ishlarida xabardorligi va mavzuni chuqur tushunishini kuchli argumentlar va dalillar orqali ko’rsatib berishi kerak. Insho hajmi ingliz tilida 10 000 so’zdan oshmasligi kerak. Tanlovga xitoy tilida yozilgan insholar ham qabul qiladi, bu haqida batafsil ushbu havola orqali tanishing.
Grant kimlar uchun?
Barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov g’olibi uchun 50 000 AQSh dollari pul mukofoti ajratilgan. Agar tanlovda birdan ortiq ishtirokchi g’olib deb topilsa, mukofot taqsimlanadi.
Talablar:
Talablar quyidagicha:
- Insho hajmi ingliz tilida 10,000 so‘zdan, xitoy tilida 15,000 belgidan oshmasligi kerak. Grafiklar, jadval, izohlar, manbalar ro‘yxati va mualliflik bayonoti bu hisobga kirmaydi.
- Bir ishtirokchi yiliga faqat bitta insho topshirishi mumkin — ingliz yoki xitoy tilida.
- Bir nechta muallif tomonidan hamkorlikda yozilgan ishlar ham qabul qilinadi.
- Sun’iy intellektdan foydalanish taqiqlanadi. Faqat ikki holatda sun’iy intellektdan foydalanish mumkin: imlo va grammatikani tekshirishda va agar insho mavzusi sun’iy intellektga aloqador bo‘lsa, AI bilan suhbat parchalari faqat dalil sifatida ishlatilishi mumkin. AI ishlatilishi ochiq ko‘rsatilishi shart, aks holda ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi.
- Insho ilgari hech qayerda chop etilmagan, original bo‘lishi kerak.
- Badiiy shakldagi asarlar (hikoya, she’r, drama) qabul qilinmaydi.
Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing (Eligibility Criteria).
Dasturga qabul jarayoni:
Insholar 2025-yil 31-iyulgacha bu yerda qabul qilinadi (sahifa oxiriga tushing).
Tanlov haqida batafsil ma’lumot, shuningdek, namuna sifatida ko’rsatilgan insholar bilan tanishish uchun rasmiy saytga kiring.
Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qiling: essay@berggruen.org.