×

Berkeley Prize: Bakalavriat talabalari uchun mukofot jamgʻarmasi 35 ming dollar boʻlgan insholar tanlovi!


Grant

MUHLAT

01.11.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3060 marta

AQSHning Berkli shahrida joylashgan Kaliforniya universiteti Bekrli ekologik dizayn kollejining Arxitetura fakultetida arxitektura sohasini ijtimoiy sanʼat sifatida tadqiq qilishni ragʻbatlantirish maqsadida Berkeley Undergraduate Prize for Design Excellence (Berkeley Prize) mukofoti taʼsis etilgan.

Mukofot qoʻmitasi har yili insonlar va bunyod etilgan dunyo oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tushunish uchun muhim boʻlgan mavzu tanlaydi hamda shu mavzu boʻyicha insholar tanlovi oʻtkaziladi. Bu yilgi tanlov mavzusi (savoli) quyidagicha:

“Architecture designed for aging: What are the major issues and the best design responses in your local community for the Special needs of your senior citizens?”

Ushbu tanlovda budun dunyodan akkreditatsiyadan oʻtgan OTMlarda arxitektura boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqiyotganlar qatnashishi mumkin. Tanlovda jamoa boʻlib yoki yakka holda ishtirok etish mumkin, lekin tanlov tashkilotlari jamoa boʻlib qatnashishga chaqiradi. Jamoa boʻlib qatnashganda guruh aʼzolari soni faqat 2 nafar boʻlishi lozim. Ishtirokchilar avval 500 soʻzli insho taklifi (1-bosqich) yozadi, takliflar orasidan saralab olinganlar 2500 soʻzdan oshmagan inshoni yozib topshirishi kerak boʻladi (2-bosqich).

Insholar ingliz tilida yoziladi. tanlovda ishtirok etish bepul.

Grant kimlar uchun?

Arxitektura sohasida oʻqiyotgan bakalavriat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu yilgi tanlovning mukofot jamgʻarmasi 35 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Birinchi oʻrinni olgan guruh (talaba) kamida 8500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi. Qolgan summa boshqa sovrinli oʻrinlar orasida taqsimlanadi.

Shuningdek, tanlovning yarim final bosqichiga chiqqanlar “Travel Fellowship” stipendiya dasturi boʻyicha tanlovga qatnashish imkoniyatiga ham ega boʻladi. Ushbu stipendiya dasturi tafsilotlari 2023-yil boshida eʼlon qilinadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovga hozirda akkreditatsiyadan oʻtgan OTM yoki arxitektura maktabida arxitektura boʻyicha yoki arxitekturaga ixtisoslangan bakalavrlik dasturida uzluksiz taʼlim (full-time) shaklida tahsil olayotgan butun dunyo talabalari qatnashishi mumkin. Arxitektura sohasidagi diplomli kurslarda (Diploma in Architechture) oʻqiyotgan talabalar ham qatnasha oladi.
  • Tanlov tashkilotchilar tanlovda 2 kishilik jamoa boʻlib ishtirok etishga undaydi (jamoa aʼzolari 2 kishidan oshmasligi kerak). Bunda arxitektura sohasida tahsil  olayotgan bakalavriat talabasi arxitektura, landshaft arxitekturasi, shaharsozlik, sanʼat va gumanitar fanlar, ijtmoiy fanlar yoki muhandislik sohasida tahsil olayotgan boshqa bir talaba bilan jamoa tuzishi mumkim. Ikkala talaba ham nomzodlar uchun qoʻyilgan talablarga mos boʻlishi lozim. Ikkala talabaning ham ismi insho taklifi va inshoda koʻrsatilishi kerak. Jamoa gʻolib boʻlganda, mukofot puli aʼzolar oʻrtasida teng taqsimlanadi.
  • Agar arxitektura boʻyicha bakalavriatda oʻqiyotgan boʻlsangiz va yakka tartibda qatnashib, insho taklifi va inshoni oʻzingiz topshirishni xohlasangiz, yakka tartibda ham qatnashish mumkin.
  • Insholar ingliz tilida yozilishi lozim.
  • Gʻoliblardan hozirda talaba ekanligini tasdiqlovchi hujjat (universitetda olingan baholar)ni topshirish soʻraladi. 2022-yil 15-sentabr holatiga koʻra bakalavriat talabasi boʻlgan, lekin tanlov tugagunga qadar bakalavriatni bitiruvchi talabalar ham ishtirok tishlari mumkin.
  • Taqdim etiladigan insho taklifi va inshoni ochib beradigan raqamli (elektron) fotosuratlar ham topshirilishi kerak. Fotosuratlarning eni kamida 500 piksel boʻlishi va .jpg formatda boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish jarayoni quyidagicha boʻladi:

1. Ishtirokchilarga qoʻyilgan talablarni koʻrib chiqish va bu talablarga mos ekanlgiga ishonch hosil qilish kerak.

2. Dastlab bevosita insho emas, 500 soʻzli insho taklifi yoziladi (1-bosqich). Insho taklifi ingliz tilida va berilgan insho savoliga javob sifatida yozilishi kerak. Insho taklifini yakka holda yoki 2 kishilik jamoa sifatida yozib topshirish kerak. Keyingi bosqichga oʻtganlar inshoning oʻzini shu insho taklifi asosida yozadi. Insho taklifi 2022-yil 1-noyabrgacha onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi (dastlab roʻyxatdan oʻtish va hisob yaratish kerak). Insho taklifini baholash mezonlari bilan BU YERDA tanishing (Judging Criteria).

Insho taklifi bilan birga shu taklifni yozishingizga taʼsir qilgan 2 ta fotosurat ham topshirilishi lozim. Rasmlar va ularga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA tanishing (Photograph Requirements).

3. Insho takliflari orasidan taxminan 25-28 tasi saralab olinadi. Saralab olingan takliflar mualliflari (yarim finalistlar) ingliz tilida 2500 soʻzli insho yozishi kerak boʻladi. Bu insho berilgan insho taklifini kengaytirgan holda yoziladi hamda insho mazmunini ochib beruvchi (tasvirlovchi) 4 ta fotosurat bilan birga topshiriladi. Yarim finalistlar 2022-yil dekabr oyining oʻrtalarida eʼlon qilinadi. 2500 soʻzli inshoni esa 2023-yil 1-fevralgacha yozib, topshirish lozim boʻladi. Insholar orasidan finalistlar saralab olinadi va gʻolibni aniqlash uchun hakamlar hayʼatiga yuboriladi.

4. 2023-yil 8-fevralda yarim finalistlar uchun Travel Fellowship stipendiya dasturi boʻyicha tanlovga qabul boshlanadi. Bunda ham taklif yozib topshirish kerak boʻladi. Ushbu tanlov tafsilotlari 2023-yil boshida eʼlon qilinadi. Takliflarni topshirish muddati 2023-yil 12-mart.

5. 2023-yil aprel oyi oʻrtalaridan inshholar tanlovi va stipendiya dasturi boʻyicha yarim finalistlar oʻrtasidagi tanlov gʻoliblari eʼlon qilinadi.

Oʻtgan yili sovrindor boʻlgan insho takliflari va insholar bilan BU YERDA tanishish mumkin (topshirilgan fotosuratlari ham bor).

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin tanlovning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan info@berkeleyprize.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!