×

Berlin Milliy Muzeyida xalqaro talabalar uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

31.07.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1518 marta

Xalqaro Grant Dasturi Berlindagi Milliy Muzeyda bir oydan uch oygacha ilmiy tadqiqot olib borish uchun grant dasturini e’lon qiladi. Milliy Muzey  kolleksiyalari haqida ilmiy ish qiluvchi va turli xil institutlar bilan aloqasi bor arizachilar qo’llab-quvvatlanadi. Muzey xalqaro olimlar bilan yaxshi ilmiy almashinuvni yo’lga qo’yish uchun chet ellik ishtirokchilarni dasturga taklif qiladi. Dastur ishtirokchilarni o’z mavzu va sohalarida professional ishlab, tadqiqot olib borishiga sharoit yaratib beradi.

Kim uchun:

Dastur butun dunyodan magistratura, doktorantura yoki undan yuqori bosqichlarda ilmiy ish olib borayotgan olimlar uchun ochiq. Arizachi magistraturani endi boshlagan bo’lishi ham mumkin. Ariza topshirish uchun bakalavr diplomiga ega bo’lishning o’zi kifoya qiladi. Shuningdek, arizachilar Germaniyadan boshqa davlatda yashayotgan bo’lishi lozim.

Grant miqdori:

  • Magistratura va doktorantura talabalari uchun oyiga 900 yevro stipendiya;
  • Doktoranturadan yuqori darajalarda tadqiqot olib borayotganlar uchun oyiga 1200 yevro stipendiya;
  • 500 yevrogacha miqdorda Germaniyaga kelish yoki ketish safar xarajalatlarini qoplash uchun moliyaviy yordam.

Ariza to’ldirish tartibi:

  • To’ldirish uchun ariza shakli SHU YERDA;
  • Rezyume;
  • Arizachining akademik sifatlarini ko’rsatuvchi universitet professorlaridan ikkita tavsiyanoma;
  • Universitet diplomining nusxasi va o’qiyatgan universitetidan ma’lumotnoma;
  • Dasturda ishtirok etishdan maqsadlari ifodalangan va ilmiy tadqiqot loyihasining maqsadlari, metodlari va hozirgacha nimalar qilinganligini tasvirlagan insho;

Barcha hujjatlar forschung@smb.spk-berlin.de manziliga 2015-yil 31-iyulga qadar yuborilishi lozim.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!