Billboard (ingliz tilida) – “e’lonlar taxtasi” vazifasini bajaruvchi, ko’chalarga o’rnatiladigan katta o’lchamdagi e’lonlar taxtasi hisoblanadi. Billboardda e’lon qilish uchun maxsus tayyorlangan tasviriy ijodiy ishlar uchun Billboard Art Competition Art Moves 2020 san’at tanlovida esa, bu yilgi, “Epidemics – a global catastrophe, a punishment, or a chance to reinvent yourself and the world?” mavzusida yaratilgan ijodiy ishlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. Tanlovga taqdim etilgan ishlar hozirgi pandemiya vaziyatini qanday qabul qilish va qanday xulosa chiqarish kerakligi to’g’risida ijodkorning fikrlarini ochib berishi zarur.
So’nggi bir necha oy butun dunyoni – jamiyatlar, davlatlar, oilalar va insonlarni o’zgartirdi. Har kunlik hayotning odatiy qoidalari o’zgardi. Insonlar uylarida yashirinib, ijtimoiy hayotdan ajralishga, masofa saqlashga, bu yog’iga nima bo’lishini o’ylab tashvishlanishga majbur bo’ldi. Bu murakkab vaziyat barchaga qattiq ta’sir qildi, ammo bu bizni yaxshi tomonga o’zgartirdimi? Hayotimizda sodir bo’layotgan yangicha tartib va o’zgarishlar uzoq vaqt o’z ta’sirini ko’rsatadimi yoki barchasi tugagach, dunyo avvalgidek davom etadimi? Pandemiya tamom bo’lgach, uni esdan chiqarib yuborishimiz kerakmi, yoki tajribalarimiz, boshimizdan o’tganlarni esda saqlab, xulosalar chiqarishimiz kerakmi? Hozirgi vaziyatga o’zimiz va olam yaxshiroq tushunib olishimiz uchun bir imkoniyat deb qarash zarurmi yoki shunchaki baxtsiz hodisa debmi? Yaxshiroq kelajak qurish uchun hozirgi qiyinchiliklardan qanday foydalanish kerak? Billboard Art Competition Art Moves 2020 tanlovi shu savollarga o’z javoblaringizni san’at orqali javob berishingiz uchun imkoniyatdir. Tanlovning bosh g’oyasi haqida
Grant kimlar uchun?
Ijodkorlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov g’olibiga 5000 PLN (taxminan 1278 AQSh dollari) pul mukofoti beriladi. G’olib yaratgan surat 2020-yil sentyabr va oktyabrda Polshaning Torun shahrida bo’lib o’tadigan festivalda katta hajmdagi e’lonlar taxtasiga (billboard) chop etilgan holda namoyish etiladi.
Talablar:
Tanlov qoidalari:
- Tanlov uchun yaratilgan suratlarning formati 498 sm x 243 sm, 100 dpi, cmyk, tiff bo’lishi zarur. Tanlovning onlayn ariza shaklida esa asl nusxaning gorizontal shaklda, 30 sm x 14,6 sm o’lchamda, 72 dpi va JPG formatida olingan fotosurati taqdim etiladi.
- Tanlovda yakka tartibda yoki guruh bo’lib ishtirok etish mumkin. Guruh sifatida ishtirok etsangiz, ariza shaklida barcha a’zolar ro’yxati va faqat bitta shaxs bilan bog’lanish ma’lumotlari (telefon, elektron pochta manzili) ko’rsatilishi zarur.
- Tanlovda g’olib chiqqan ishlar katta o’lchamli e’lon taxtalariga chop etilib, namoyish qilinadi. G’olib deb topilmagan bo’lsa-da, yuqori sifatli va yaxshi ishlangan suratlar ham chop etilishi mumkin.
- Tanlovda bir ishtirokchi (yakka shaxs yoki guruh) bir nechta surat bilan ishtirok etishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu ariza shaklini to’ldirib, tanlov uchun yaratilgan surat bilan birga artmoves@tlen.pl elektron manziliga, 2020-yil 23-iyulgacha yuborish kerak. Suratni yuklashda muallifning ismi va familiyasi nom sifatida yozilishi shart. Ariza shakli va suratni bitta email xabarda yuboring. Ya’ni, bir emailda ariza, keyingisida surat qilib yuborsangiz, arizangiz qabul qilinmaydi.
Hujjat topshirish oldidan tanlov nizomi bilan tanishib chiqing.