×

Biologiya fanlari bo’yicha ilmiy-ommabop ishlar tanlovi: mukofot – 727 AQSh dollari


Grant

MUHLAT

15.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

5936 marta

Bu yil o’ninchi marta o’tkazilayotgan “Bio/Mol/Tekst” nomli ilmiy-ommabop ishlar tanloviga arizlalar qabul qilinmoqda. Tanlovning bu yilgi mavzusi “Viruslar va mikroorganizmlar”. Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun biologiyaning shu mavzusi bo’yicha yozilgan ilmiy-ommabop ishlarni taqdim etish kerak. Ishtirok etish uchun biolog yoki doktor bo’lish shart emas, topshiriladigan ishlar ham ilmiy maqola uslubida yozilishi talab etilmaydi. Viruslar va mikroorganizmlar, yoki bu yilgi boshqa mavzu to’g’risida nimanidir chiroyli, aqlli va qiziqarli qilib ochib berib yozilgan har qanday ishni tanlovga taqdim etsa bo’ladi. Tanlov murakkab ilmiy mavzularni sodda va tushunarli qilib ochib bera oladigan va berilgan mavzuda eng so’nggi bilimlarni tahlil qilib, qimmatli xulosalar chiqara olgan ishtirokchilarni taqdirlaydi. Bu yilgi tanlovga  umumiy mavzudan tashqari molekulyar biologiya va biofizika, biotibbiyot, bio- va nanotexnologiya mavzularidagi ilmiy-ommabop ishlar ham qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda bir nechta nominatsiyalar mavjud:

  1. “Erkin Mavzu” nominatsiyasi bilan tanlov mavzusi doirasidagi istalgan mavzuda ikki yo’nalishdan birida yozilgan ilmiy-ommabop ish taqdirlanadi.

Bunda birinchi yo’nalish – Yangiliklar, ya’ni 2019-2020 yillarda ochib berilgan biror yangilikni yoritib yozilgan qisqa maqola.

Ikkinchi yo’nalish – Sharh, ya’ni, mavzuni butunligicha yoritib bergan maqola.

  1. “Shaxsiy loyiha” nominatsiyasi bo’yicha tanlov mavzularidan biri bo’yicha shaxsan tadqiqot olib borayotgan olimlar o’z tadqiqotlari mohiyati yoritib yozilgan maqolalari uchun mukofotlanadi.
  2. Viruslar va mikroorganizmlar nominatsiyasi. Tanlovning asosiy mavzusida yozilgan eng yaxshi maqola uchun.
  3. Maktab oquvchilari nominatsiyasi. Maktab o’quvchisi tomonidan yozilgan eng yaxshi maqola uchun.
  4. Tasviriy ishlar nominatsiyasi. Bunda mavzuni komiks, eskiz, grafik abstrakt, fotosurat, videoklip, multfilm, 3D-tasvir, infografika, interfaol ish va shu kabi boshqa usullar bilan ochib bergan eng yaxshi ish taqdirlanadi.

Har bir nominatsiya g’olibi 50000 rubl (taxminan 727 AQSh dollari) pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Talablar:

  1. Tanlovga barcha maqolalar rus tilida topshirilishi kerak.
  2. Tanlovda barcha yosh, soha va davlat vakillari ishtirok etishlari mumkin.
  3. Tanlovga topshirilgan ishlar 2019-yildan keyin, faqat tanlov uchun maxsus yozilgan bo’lishi kerak.
  4. Tanlovga turli konferensiyalar uchun tezilar va sof ilmiy uslubda yozilgan maqolalar qabul qilinmaydi. Barcha qoidalar

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga yuborilgan maqolalar formati quyidagicha bo’lishi kerak:

  1. Ism-sharif.
  2. Nominatsiya.
  3. Sarlavha.
  4. Annotatsiya.
  5. Sarlavha rasm (kengligi 740 pikseldan kam bo’lmasligi kerak).
  6. Asosiy matn. Bunda umumiy matn turli boblarga bo’lingan bo’lishi kerak.
  7. Tasviriy vositalar va ularning manbalari.
  8. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Bunda elektron manbalarga havolalar ham ko’rsatilishi zarur.

Tasviriy ishlar nominatsiyasi bo’yicha topshirilgan ishlar faqat annotatsiya, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va rasmning o’zidan iborat bo’lishi kerak.

Tanlovga 2020-yil 15-dekabrga qadar bu yerda ariza berish mumkin. Tanlov haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!