×

Birlashgan Arab Amirliklari: Fotosuratlar tanlovi; Mukofot fondi – 450 000 AQSh dollar; Gran Pri – 120 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

2196 marta

Birlashgan Arab Amirliklari qiroli tashabbusi bilan tashkil etib kelinadigan Hamdan International Photography Award (HIPA) dunyo boʻylab barcha iqtidorli fotograflarni navbatdagi, 9-dasturda ishtirok etishga taklif etadi. Mukofot jamgʻarmasi san’at va madaniyatni rivojlantirish hamda iqtidorli fotosuratchilarni qoʻllab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Tanlov qatnashchilari uchun har yili asosiy mavzu tanlanib , shu mavzu tanlov shukuhi va asosiy voqeasi sifatida muxrlanadi. Bu yilgi mavzu – Water (Suv). Tanlovda General, Portfolio va Mobil Photography kategorilayalari boʻyicha ishtirok etish mumkin.

Tanlovda 3 ta asosiy gʻolib aniqlanadi:

  • The Photography Appreciation Award.
  • The Photography Content Creator Award.
  • The ‘Emerging Person/Organization in Photography Award.

Grant kimlar uchun?

Fotosuratchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning asosiy sovrindori – Gran Pri mukofotiga loyiq koʻrilgan qatnahshchi 120.000 AQSh dollari pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Gran Pri sovrini uchun eng yaxshi ish tanlab olinadi, bu ish Suv kategoriyasi ostida boʻlishi shart emas, hamma kategoriyalar maxsus sovrinlar va Gran Pri uchun birdek koʻrib chiqiladi. Har bir kategoriya boʻyicha 5 (6) tadan sovrinli oʻrin ajratilgan boʻlib, mukofot ishtirokchi egallagan oʻringa qarab belgilanadi.

Umumiy mukofot fondi 450 000 USD. Barcha pul mukofotlari hajmi haqida toʻliq: shu yerda tanishing.

Jumladan :

Water (suv) kategoriyasi boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan ishtirokchiga 20 000 USD mukofot beriladi. Qolgan 4 ta oʻrinlar uchun ajratilgan pul mukofotlari kamayish tartibida bir-biridan 4 000 USDga farq qiladi.

Portfolio (Story-telling) kategoriyasi boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan ishtirokchiga 24 000 USD mukofot beriladi. Qolgan 4 ta oʻrinlar uchun ajratilgan pul mukofotlari kamayish tartibida bir-biridan 3 000 USDga farq qiladi.

General kategoriya boʻyicha, Oq-qora va Rangli rasmlar guruhlarining har biri uchun uchtadan sovrinli oʻrin ajratilgan boʻlib, gʻoliblarga 20 000 USD (1-oʻrin), 15 000 USD (2-oʻrin) va 10 000 USD (3-oʻrin) miqdoridagi pul mukofotlari ajratilgan.

Mobile Photography kategoriyasi 1-oʻrin sohibiga 12 000 USD, 2-oʻringa 10 000 USD, 3-oʻringa 8 000 USD, 4-oʻringa 6 000 USD va 5-oʻringa 4 000 USD pul mukofoti ajratilgan.

Undan tashqari, tanlovning uchta maxsus nominatsiyalari gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. Photography Apperciation Award – 20 000 USD.
  2. The Photography Content Creator Award – 15 000 USD.
  3. Emerging Person/Organization in Photography Award – 10 000 USD.

Har bir nominatsiyalar va toifalar boʻyicha toʻliq ma’lumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Tanlovda qatnashish barcha uchun ochiq, nomzodning dini, irqi, millati, fuqaroligi, jinsi va shu kabilarga cheklovlar qoʻyilmagan. Nomzodning yoshi 18 dan oʻtgan boʻlsa yetarli.
  3. Bir ishtirokchi har bir kategoriya boʻyicha 1 tadan ish taqdim etishi mumkin. lekin Portfolio yoʻnalishida taqdim etilgan fotosuratlar soni 5-10 ta boʻlishi zarur, shunday fotosuratlar seriyasi bunday kategoriya uchun “bitta ish” deb qabul qilinadi, chunki ular birgalikda biror voqeani soʻzlay olishi zarur.
  4. Taqdim etiladigan fotosuratlarga qoʻyilgan texnik talablar:
  5. Tanlovga taqdim etilayotgan fotosuratlar nihoyatda sifatli va tiniq boʻlishi, formati JPEG, hajmi kamida 5MB boʻlishi zarur.
  6. Tanlov uchun taqdim etilayotgan ishlar avval boshqa biror tanlovda qatnashmagan boʻlishi lozim.
  7. Taqdim etilayotgan fotosuratlar va videolarda hech qanday imzo, muhr, belki, yozuv, ism-sharif va shu kabi belgilar boʻlmasligi shart.

Tanlov boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Tanlov uchun ishlar onlayn tarzda qabul qilinafi. Tanlovda qatnashish uchun qatnashchilar HIPA’ning rasmiy vebsaytida roʻyxatdan oʻtishlari va dedlayndan kechiktirmay taqdim etishlari zarur. Taqdim etilgan ishlarning asl nusxalari ham talab etilishi mumkin.

Savollar bilan: savol-javoblar saifasi yoki info@hipa.ae murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!