×

AIESECda account ochish va toʻgʻri ariza toʻldirishni oʻrganamiz


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

4882 marta

CHOP ETILGAN

22.06.2019

AIESEC nima?

Xalqaro AIESEC tashkiloti 1948-yilda 2-jahon urushidan keyin tashkil etilgan. Tashkilot nodavlat-notijorat statusida. Dastlab AIESEC fransuzcha “Association internationale des étudiants en sciences économiques et commerciales” (inglizchada “International Association of Students in Economic and Commercial Sciences”) deb nomlangan va u talabalar harakati sifatida faoliyat yuritgan. Bugungi kunga kelib AIESEC abbreviatura emas, tashkilot nomiga aylandi. Tashkilot UN DPI va Office of the Secretary-General’s Envoy on Youth bilan bogʻliq holda United Nations Economic and Social Council (ECOSOC) maslahatchisi hisoblanadi. Shuningdek, u  ICMYO  a’zosi va  UNESCO tomonidan tan olingan.

Nima bilan shugʻullanadi?

AIESEC butun dunyo boʻylab 126 ta davlatda oʻz filiallariga ega. Tashkilot 18-30 yoshli mutaxassislar va talabalarni global miqyosda stajirovka, volontyorlik dasturida qatnashishga taklif etadi. Odatda bu dasturlar moliyalashtiriladi va ishtirokchilarga turar joy, oziq-ovqat, ish jihozlari va stipendiya ajratiladi. Ammo volontyorlik dasturlarida nomzodlar oʻz xarajatlarini oʻzlari qoplashlariga toʻgʻri kelishi mumkin. Oʻzbekistonda tashkilotning rasmiy filiali yoʻq, ammo LinkedIn tarmogʻida Oʻzbekiston boʻyicha sahifasi mavjud. AIESECning 3 ta asosiy ichki tashkilot dasturlari quyidagilar:

Ishni nimadan boshlash kerak?

Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak.

Accout ochish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. AIESEC rasmiy sahifasiga kiring.
  2. Sign up yozivini bosing.
  3. Chiqqan sahifaga quyidagi ma’lumotlarni kiriting:
  • First name.
  • Last name.
  • Email.
  • Parol kamida bitta bosh harf, kamida bitta son va kamida 8 ta belgidan iborat boʻlishi kerak. Agar oʻylab topgan parolingiz shu talablarga javob bermasa roʻyxatdan oʻta olmaysiz.
  • Phone number.
  • Satrni bosganda davlatlar roʻyxati chiqadi. Roʻyxatdan Oʻzbekistonni tanlaysiz.
  • Local office.
  • Referral.

“*” bilan belgilangan hamma qatorni toʻliq toʻldirish lozim.

  1. Get started yozuvini bosing.
  2. Registratsiyadan keyin koʻrsatgan elektron pochtangizga batafsil yoʻriqnoma Yoʻriqnomaga asosan tanlagan dasturingizga mustaqil ariza bera olasiz.

Accountni toʻgʻri toʻldirish

Account toʻldirish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovka yoki volontyorlik dasturlariga ariza berib boʻlmaydi!

Accountni toʻldirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. AIESEC saytidagi Sign in yozuvini bosib, accountga kirasiz. Bunda login sifatida e-mail koʻrsatilishi va parol yozilishi kerak.
  2. Chiqqan sahifaning yuqoridagi oʻng tarafida ismingizning bosh harfi koʻrsatiladi. Masalan, Nodira ismi uchun “N” harfi. Harfni bosganda Profile, Favorites va Log out yozuvlari chiqadi. Roʻyxatdan Profile yozuvini bosing.
  3. Profile sahifasidagi Profile details boʻlimida imkon qadar hamma soʻralgan ma’lumotni toʻldiring. Bunda quyidagilar kiritiladi:
  • First Name (roʻyxatdan oʻtayotganda koʻrsatilgan).
  • Last Name(roʻyxatdan oʻtayotganda koʻrsatilgan).
  • Gender: erkak (Male) yoki ayol (Female).
  • Date of Birth (berilgan kalendardan tanlanadi).
  • Citizenships (Satrni bosganda davlatlar roʻyxati chiqadi. Roʻyxatdan Oʻzbekistonni tanlaysiz).
  • Add Secondary Citizenship (bu satrni toʻldirmaysiz, chunki Oʻzbekistonda ikki fuqarolik yoʻq).
  • Languages and Skills. Languages. Add Language (biladigan til tanlanadi. Masalan: English. Satr davomida darajani koʻrsatish kerak. Masalan: Intermediate. Shu tartibda nechta tilni qaysi darajada bilsangiz, hammasini yozib chiqing).
  • Skills. Add Skill (bu yerga koʻnikmalaringiz koʻrsatiladi. Satr bosilganda roʻyxat chiqadi. Shu roʻyxatdan kerakli skillsni tanlaysiz. Masalan: Language Teaching, Microsoft Word, WordPress va hokazo).
  • Academic experience. Add Academic Experience (bu yerda universitet/institute/kollej/litsey kabi oʻqigan muassasangiz yoziladi. Mutaxassislikka satr bosilganda roʻyxat chiqadi. Shu roʻyxatdan psychology, education, languages va hokazo tartibda kerakli mutaxassislik koʻrsatiladi. Keyin esa bachelor, master va hokazo ilmiy darajangiz belgilanadi. Agar bakalavr, magistratura, doktorantura kabi bir nechta bosqichda oʻqigan boʻlsangiz, har birini alohida Add Academic Experience ni bosib, toʻldirish kerak).
  • Professional Experience. Add Professional Experience (ishlagan tashkilot va kasbingiz, necha yil ishlaganingizni yozing. Masalan, Secondary School No.3, 2011-09-06 dan 2019-06-01 gacha. Teacher. Agar hozir ham ishlayotgan boʻlsangiz, “current” katakchasiga “ptichka” qoʻying. Agar bir necha joyda ishlagan boʻlsangiz, hammasini alohida qoʻshib chiqing. Agar ish tajribangiz boʻlmasa, boʻlimni boʻsh qoldiring).
  • Resume. “Download AIESEC resume” yozuvini bosing. Shunda tizim yuqorida yozgan ma’lumotlaringizga asosan avtomatik tarzda resume chiqarib beradi. Resumeni yuklab olish yoki pochtaga joʻnatish mumkin.
  • Har bir boʻlimni toʻldirganda “Save”ni bosishni unutmang.

Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) kabi javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.

Ariza qanday toʻldiriladi?

Avval sizning koʻrsatgan ma’lumotlaringizga mos dasturni topish kerak. Agar hamma ma’lumotlar, skills, backgrounds mos kelsa, dastur sahfasidagi “Prerequisites” qismi foiz hisobida moslikni koʻrsatadi. Dasturning Backgrounds va Skills boʻlimlarida mos kelgan ma’lumotlar yashil rangdagi “ptichka” bilan belglanadi. Agar sizning ma’lumotlaringiz dastur talablariga javob bermasa, ariza bera olmaysiz. Shuningdek, dastur dedlayniga ham e’tibor bering. 100% mos kelgan dastur topilganda ariza toʻldirishni boshlang.

Arizani toʻldirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Arizani sahifa oʻng tarafidagi “Apply now” yozuvini bosing.
  2. Ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi.
  3. Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlang va “Next”ni bosib keying bosqichga oʻting.
  4. Bosqichlarda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Skills (koʻnikmalar).
  • Education.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ariza ichida bir necha daqiqalik test berilishi yoki savol berilishi mumkin. Testni yechib berish lozim. Savolga esa maksimal darajada qisqa va mazmunli javob yozing. Odatda bu savol “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida berilgan boʻladi.

Agar ma’lumotlaringiz toʻgʻri kelmasa, tizim xatolik koʻrsatadi yoki ma’lumotni qabul qilmaydi. Ayrim hollarda sahifa umuman javob bermaydi. Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki sahifaning pastki oʻng tarafidagi chatdan ma’lumot olishingiz mumkin.

Arizangiz muvaffaqiyatli yakunlanib, joʻnatilganida ariza statusi accountingizdagi “Applications” boʻlimida ariza aks etadi.

Ariza topshirib boʻlgandan keyin-chi?

Agar dastlabki ma’lumotlar dastur talablariga javob bersa, ish beruvchi yoki AIESEC siz bilan suhbat oʻtkazishi mumkin.

Keyingi jarayonlar haqida AIESEC va ish beruvchi tashkilot vakili siz bilan bogʻlanib, yoʻriqnoma beradi.

Maqola shaxsiy tajriba hamda saytda berilgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!