×

Avstraliya haqida xorijk talaba bilishi kerak boʻlgan 9 ta jihat


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

6878 marta

CHOP ETILGAN

31.03.2019

Ushbu maqolamiz chet ellik talabaning universitetdagi hayotini yengillashtiruvchi 9 ta omil haqida.

Avstraliya – quyoshli oʻlka. U 2018 World University Rankings boʻyicha jahonning eng nufuzli universitetlari 100 talik reytingiga kirgan 6 ta oliygohi bilan maqtana oladi. Avstraliyada taʼlim sifati yuqori. Shuning uchun ham, davlat chet ellik talabalar eʼtiborini oʻziga tortadi.

Agar siz mamlakatda oʻqimoqchi boʻlsangiz, qanday qilib vizani toʻgʻri rasmiylashtirishdan oʻqish va ijtimoiy hayot muvozanatini saqlashgacha boʻlgan masalalarda ayrim muhim jihatlarni yodda tutishingiz kerak:

1. Hujjatlarni rasmiylashtirish ancha sodda. Tanlagan universitetingizga oʻqishga qabul qilinganingizdan soʻng viza rasmiylashtirishga navbat keladi. Chet ellik talabalar baxtiga, Avstraliya hukumati jarayonni anchagina soddalashtirgan. 2016-yildan boshlab barcha oʻqishga kelganlar bitta shakldagi talabalar vizasini (Subclass 500) oladilar. Bu masalada qoʻrqmay universitetdagi masʼul shaxsdan maslahat soʻrayvering: sizga bajonidil yordam berishadi.

2. Moddiy yordam shakllari. Koʻpchilik Buyuk Britaniya universitetlari kabi, Avstraliyada oʻqish juda qimmat. Yashash, ovqatlanish, oʻquv qurollari, sugʻurta va hokazo qoʻshimcha xarajatlar bilan birga hisoblaganda, davlatda oʻqishni xohlagan talabalarning hammasining ham orzusi ushalavermaydi. Shuning uchun ham hukumat turli shakldagi moliyaviy yordam, grant va stipendiyalar dasturlarini taklif etadi. Oʻqishga hujjat topshirayotganingizda bu masalaga alohida eʼtibor qarating. Moliyaviy ahvolingiz sizning viza olishingizga taʼsir qiladi. Grantlardan oʻzingizga mos keladiganiga hujjat topshiring, bu foydadan holi boʻlmaydi.

3. Odatda chet elda oʻqiydigan talabalar oʻqishda belgilangan darajaga yetishda qiynaladilar. Oʻquv qurollari, maʼruza matni va konspektlarni topish har doim ham oson boʻlmaydi. Avstraliyada bu masalani biror bir talaba bilan sherik boʻlib hal qilish mumkin: oʻziga xos madaniyat almashuvi sifatida shakllanib ulgurgan bu hamkorlik turi sizga yordam berishi tayin.

4. Turmush tarzi va madaniyat. Quyoshli Avstraliya aholisi oʻta iliq muomalali, xushchaqchaq xalq. Bu yerda siz turli millat vakillarini uchratasiz. Yaʼni koʻp madaniyatli muhitga duch kelasiz. Zamonaviy restoran, xiyobon va muzey, galereyalar bu davlatni oʻrganishga qiziqishni yanada kuchaytiradi. Biror masalada savol tugʻilsa, tortinmay odamlarga murojaat qiling. Shubhasiz, sizga yordam qoʻlini choʻzishga tayyor boʻlgan bir toʻda odamlar topiladi.

5. Fasllar oʻrnining almashganligi. Davlat yer sayyorasining janubiy yarim sharida joylashganligi uchun, undagi fasllar Yevropa va AQSHdagiga nisbatan teskari. Bu shuni anglatadiki, Torontoda kuzgi daraxtlarning soʻnggi yaproqlari toʻkilganda Avstraliyaga bahor endigina kelgan boʻladi. Uelsda hamma qishki paltoda yurganida esa, siz Avstraliya plyajlarida choʻmilib yurgan boʻlasiz.

6. Salomatligingizga beeʼtibor boʻlmang. Avstraliyaliklar tibbiy xizmatdan bepul foydalanadilar. Chet ellik talabaga esa, turli vaziyatlarda tibbiy yordam olishda tibbiy sugʻurta paketi kerak. Shuning uchun ham bu hujjat viza rasmiylashtirilayotganda Overseas Student Health Cover (OSHC) nomi bilan koʻrsatiladi.

7. Jamoat transportlari. Davlatda jamoat transportlari koʻp. Avtobus, poyezd, parom kabilar belgilangan jadval boʻyicha harakatlanadi. Oʻqish va yashash joyi oʻrtasidagi masofani bosib oʻtishda ulardan qaysisidan foydalanishni oʻqish boshlanmasidan hal qiling. Ayrim hududlarda talabalar uchun imtiyozlar amal qiladi. Bunda siz yosh va statusingizga mos keladigan karta olishingiz mumkin.

8. Yangicha baholash tizimiga koʻniking. Universitetlarda baholash harflar orqali amalga oshiriladi. Har bitta harf oʻziga xos baho va holatni bildiradi. Masalan, HD – yuqori farq, D – farq: bu siz olishingiz mumkin boʻlgan eng yuqori baholar. Сr – kredit, P – dars qoldirilganligini, F – esa, imtihondan yiqilganlikni anglatadi.

9. Ishlash va oʻqish shakllari. Talabalik vizasi mamlakatda oʻqish bilan birga, ishlash imkonini ham beradi. Bu sizning xarajatlaringizni qisqartirishga yaxshi imkoniyat. Ammo, ishlash oʻzlashtirishingizga qanday taʼsir qilishini ham oʻylab koʻring. Sizga bir haftada 20 soat ishlashingizga ruxsat beriladi. Avstraliyada ish haqi soatiga kamida 17,70 dollar. Talabalar turli sohalar boʻyicha repititorlik qilishlari mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!