×

“Biz bilmagan hikoyalar” tanlovi: mukofot jamgʻarmasi 15 million soʻm!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

3770 marta

CHOP ETILGAN

24.05.2021

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: Barcha uchun

Hikoya topshirish muhlati: 2021-yilning 30-iyunigacha

Oʻz hikoyasini oʻqib eshittirilishini istaganlar uchun “Biz bilmagan hikoyalar” nomli tanlov eʼlon qilindi. Ushbu tanlovda yosh va jinsidan qatʼi nazar, barcha professional va havaskor ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.

TANLOV SHARTLARI QUYIDAGICHA:

  • tanlov uchun yuborilgan hikoya hayotda sodir boʻlgan voqealar va real shaxs-qahramonlarga asoslanishi (tamoman badiiy toʻqima mahsuli boʻlmasligi);
  • avval hech bir ommaviy axborot vositasida eʼlon qilinmagan boʻlishi;
  • “Bu hikoyaga ishonish qiyin… Ammo haqiqat!” degan fikrni aks ettirishi;
  • hikoya A4 formatdagi qogʻoz satrida, 1,5 qator oraligʻida, Times New Roman 12 shrift kattaligida yozilgan boʻlishi va 5 sahifadan oshib ketmasligi;
  • hikoya matni tahrirtalab boʻlmasligi, imloviy va uslubiy xatolardan holi boʻlishi;
  • hikoyani oʻz ichiga olgan Word faylining nomi muallifning ism-familiyasi bilan atalgan boʻlishi;
  • hikoyaning soʻnggi sahifasida muallifning ismi-familiyasi, manzili, telefon raqami hamda oʻzi haqida qisqacha maʼlumot keltirilgan boʻlishi lozim.

Hikoyalar 2021-yil 30-iyun kech soat 12:00ga qadar ovozlimaqolalar@gmail.com elektron pochta manziliga joʻnatilishi lozim.

Eslatma: Yuqorida koʻrsatilgan shartlarga javob bermaydigan hikoyalar tanlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqilmaydi.

Bir muallif birdan ortiq hikoya bilan ishtirok etishi mumkin.

TANLOV GʻOLIBLARI QANDAY ANIQLANADI?

Tanlovda ishtirok etish uchun yuborilgan hikoyalar taniqli yozuvchi, shoir va adabiyotshunos olimlardan tashkil topgan hayʼat tomonidan aniqlanadi.

TANLOV NATIJALARI QAYERDA EʼLON QILINADI?

Tanlov natijalari Abdukarim Mirzayevning rasmiy telegram sahifasi hamda YouTube ijtimoiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

TANLOV GʻOLIBLARI QANDAY TAQDIRLANADI:

1-oʻrin – 5 mln soʻm (1 nafar gʻolib)
2-oʻrin – 3 mln soʻm (1 nafar gʻolib)
3-oʻrin – 2 mln soʻm (1 nafar gʻolib)

Shuningdek, efir uchun loyiq deb topilgan har bir hikoya uchun 300 ming soʻm miqdorida qalam haqi (gonarar) toʻlanadi.

“TOMOSHABINLAR EʼTIROFI” NOMINATSIYASI

Yuqoridagi uch oʻrindan tashqari, hikoyasi efirda oʻqib eshittirilgan muddatdan eʼtiboran, bir oy davomida eng koʻp tomosha qilingan videomahsulot uchun asos boʻlgan hikoya muallifi “Tomoshabinlar eʼtirofi” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topiladi va 5 mln soʻm pul mukofot bilan tadrilanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!