×

CV nima: qanday, qayerda tayyorlayman? Ko’rinishi qanaqa bo’ladi?


Blog

BO'LIM

Hujjat namunalari

O'QILGAN

42736 marta

CHOP ETILGAN

04.01.2021

CV – o’zingiz va hayot faoliyatingizni qisqa qilib, jadval ko’rinishida jamlaydigan hujjat. CV ish va o’qish uchun mosligingizni tekshirish uchun so’raladi. Ish beruvchi yoki siz hujjat topshirgan universitet qaysi yo’nalishda o’qigansiz, qancha ishlagansiz, nima ishlarda tajribangiz borligini siz bergan CV’dan o’zi ko’rib olaveradi. CV’ni qanday sohaga va ishga (o’qishga) tayyorlasangiz, ish joylari, vazifalar, qo’lingizdan keladigan ishlarning o’sha ish yoki o’qishga aloqador qismiga ko’proq urg’u beriladi. Bu hujjat sizni tanishtirishi va reklama qilishi kerak.

CV’ga nimalar kiritiladi?

  • Ism-sharif
  • Kontakt ma’lumotlari va manzil
  • Hozirgi va shu vaqtgacha rasman o’qigan va ishlagan joylaringiz
  • Qaysi tillarni qanday darajada bilishingiz
  • Kompyuterda biladigan dasturlaringiz va umuman qo’lingizgan keladigan boshqa ishlar

CV qanday dasturga topshirilishiga qarab yuqoridagi ro’yxatdagi ba’zi ma’lumotlar berilmasligi yoki boshqalari qo’shilishi mumkin. 

Tuzilishi

Har xil CV formatlari bor, lekin eng ko’p yerga “o’tadigani” – EuroPass CV. Sizga “CV olib keling” deyishdimi, qo’rqmay EuroPass CV olib boring. Agar boshqacha formatdagi CV kerak bo’lsa, o’zlari aytishadi. EuroPass CVʼni bir nechta Yevropa tillarida, jumladan, ingliz tilida ham tayyorlash mumkin.

Qanday yoziladi?

Europass CV tayyorlash juda oson, chunki uni internetdagi saytda o’zingiz qilasiz. Saytga kirib, so’ragan ma’lumotlarini shunchaki yozib chiqsangiz, saytning o’zi sizga chiroyli shaklga solib, dizaynigacha qilib beradi. Yuklab olaverasiz. Agar o’zgartirish kerak bo’lib qolsa, o’sha saytda tayyorlangan CV’larnu saytga solib, ustidan to’ldirish yoki qisqartirish mumkin. EuroPass CV yaratiladigan saytga bu yerda kirish mumkin. Kompyuterda ochsangiz, yaxshiroq ishlaydi.

Qancha vaqt oladi?

Agar saytdan foydalanishni yaxshilab tushunib olsangiz, bitta CV tayyorlashga 1-2 vaqt ketishi mumkin. Lekin 1-2 soatda tugatish uchun CV’ning qaysi bo’limiga nima yoziladi, nima yozilsa foydali bo’ladi, saytda nima qayerda joylashgan juda yaxshi tushunib olish kerak bo’ladi. Bo’lmasa uzoq vaqt ketadi.

CV qilib beradigan xizmatlar ham bor

Faqat bir necha marta ishingiz tushadigan CV’ni tayyorlashni o’rganishga vaqt yoki xohishingiz bo’lmasa, tez va sifatli CV qilib beruvchi tajribali mutaxassislar ham bor. Ba’zan o’zingiz yaxshi farqiga bormagan narsani boshidan o’rgangandan ko’ra, kimgadir qildirib, boshqa muhim ishlaringizga vaqt ajratish kerak bo’ladi. EuropPass CV tayyorlash taxminan 80-90 ming so’mdan boshlanadi. O’qish va ish joylaringiz ko’p bo’lsa, CV’ga yozib chiqish, har birini izohlashga ko’proq vaqt ketadi. Narx ham shunga yarasha oshadi.

Ko’rinishi

Europass CV namunalarini bu yerda tiniqroq ko’rishingiz mumkin.

CV’ni mutaxassisga tayyorlatish uchun bogʻlaning: @Hamidziyo.

Chet el grantlariga topshirilgan hujjatlar bilan tanishish uchun @grantlar_namuna kanaliga qoʻshiling.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!