×

Talabalar uchun Mirzo Ulug‘bek vorislari Data Science kursi – bepul issiq ovqat, har oy 1,3 million so’m stipendiya


Blog

BO'LIM

Kurslar

O'QILGAN

42 marta

CHOP ETILGAN

15.06.2025

Qayerda: O’zbekiston

  • Kvota (grant) asosida o‘qish: Toshkent shahrida, bir o‘quv yili davomida
  • Shartnoma asosida (pulli) o‘qish: To‘liq onlayn formatda

Kimlar uchun:

  • Kvota (grant) asosida oʻqish uchun: Davlat OTMlarining 2-bosqichini tugatib, 3-bosqichga o‘tayotgan talabalar
  • Shartnoma asosida (pulli) oʻqish uchun: Istalgan OTM va kursda o‘qiyotgan talabalar

Ariza topshirishning muddati: 2025-yil 10-avgust, soat 23:59

Asosiy ma’lumot:

 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kursi – talabalar uchun yaratilgan 1 o’quv yiliga mo’ljallangan kurs hisoblanadi. Data Science — bu sun’iy intellekt, mashinani o‘rgatish texnologiyalari va katta ma’lumotlar bilan ishlash asosida qarorlar qabul qilishni o‘rgatuvchi innovatsion kurs.

Ushbu kurs 1 o’quv yiliga mo’ljallangan bo’lib, unda onlayn yoki oflayn Toshkentda o’qigan holda qatnashish mumkin.

Kurs davomida qatnashchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarni egallaydi:

  • Python, SQL, Power BI, ML, AI, FastAPI, Spark, Docker kabi texnologiyalar bilan ishlash.
  • Statistik tahlil va dashboard qurish.
  • Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash va farazlarni tekshirish.
  • Ingliz tilini IELTS 5.5 darajasida rivojlantirish.

Kvota asosida oʻqishda manfaatli jihatlar:

  • 160 nafar eng yaxshi nomzod Toshkentda toʻliq grant asosida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
  • Akademik mobillik: agar kvota asosida qabul qilingan talaba Toshkent shahridan boshqa yerda tahsil olayotgan boʻlsa,  oʻqishini Toshkent shahridagi universitetlardan biriga mos yoʻnalishga koʻchiradi va 1 o‘quv yili davomida poytaxtda o‘qiydi. Ushbu kurs mashgʻulotlari talabalarning universitetdagi darslaridan tashqari vaqtda oʻtkaziladi. Oʻqishni koʻchirishda talabaga bevosita rasmiy xat bilan yordam beriladi.
  • Har oy 1 320 000 so‘m stipendiya beriladi.
  • Bepul issiq ovqat hamda shaxsiy noutbuk, internet va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanadi.
  • IT Park rezidentlari bilan amaliyot o‘tash  imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Shartnoma asosida ishtirok etuvchilar uchun imkoniyatlar:

  • Onlayn o‘qish.
  • Mentorlar bilan aloqa, treninglar, loyihaviy mashg‘ulotlar.
  • Portfolio tuzish imkoniyati.

MUHIM: Shartnoma asosida tahsil olish pulli – 1 yillik butun kurs narxi taxminan 13 mln soʻm atrofida.

Barcha ishtirokchilar quyidagilarga ega bo‘ladi:

  • Sertifikat va kursni tugatganlik haqidagi rasmiy hujjat.
  • Yaxshi natija ko‘rsatganlarga IT sohasi bo‘yicha tavsiyanomalar.
  • Real loyihalar ustida ishlash va startapga integratsiya qilish ko‘nikmalari.

Talablar

Kvota asosida o‘qish uchun quyidagi talablarga mos boʻlish lozim:

  • Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari;
  • Joriy yil 2-bosqichni tugatib, 3-bosqichga o‘tgan;
  • Akademik qarzdorligi bo‘lmagan;
  • OTM ijtimoiy hayotida faol ishtirok etuvchi (tavsiyanoma);
  • Ingliz tilini bilish darajasi IELTS 5.5-6.5;
  • Web, Android, IOS kabi dasturiy ta’minot yozish ko‘nikmalariga ega;
  • IQ test natijasi yuqori;
  • Matematika va informatika fanlarini mukammal o‘zlashtirgan;
  • Muloqotga kirisha oladigan va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega;
  • Ilmiy faolligi yuqori (maqola, darslik, dasturiy ta’minot, ixtiro egasi);
  • Izlanuvchan va tirishqoq (qo‘yilgan muammoni yechish uchun ilmiy yondashadigan va boshlangan ishni oxiriga yetkazadigan);
  • Xalqaro IT sertifikatga ega.

Shartnoma asosida o‘qish uchun quyidagi talablarga os boʻlish lozim:

  • Istalgan OTM va istalgan kurs talabalari;
  • OTM ijtimoiy hayotida faol ishtirok etuvchi (tavsiyanoma);
  • IQ test natijasi yuqori;
  • Muloqotga kirisha oladigan va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega;
  • Izlanuvchan va tirishqoq (qo‘yilgan muammoni yechish uchun ilmiy yondashadigan va boshlangan ishni oxiriga yetkazadigan);

Ariza topshirish tartibi

Arizalar 2025-yil 10-avgust, 23:59 gacha fonlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi (Kvota yoki shartnoma asosida topshirishga qaror qilgach, “Ariza topshirish” tugmasini bosing).

Kerakli hujjatlar (PDF shaklida):

  • Pasport yoki ID karta nusxasi.
  • Joriy GPA ko‘rsatilgan transkript.
  • Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (HEMIS).
  • Motivatsion xat (kamida 2 bet).
  • Sertifikatlar, tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa).
  • Portfolio (dasturiy ishlanmalar, loyihalar)

Tanlov bosqichlari:

  1. Hujjatlarni onlayn baholash.
  2. IQ test (xorijiy vendor orqali, onlayn).
  3. Informatika va matematika fanlaridan imtihon (offlayn).
  4. Suhbat va taqdimot (offlayn).

Nomzodlarni saralashdagi baholash mezonlari bilan BU YERDA tanishing.

Dastur haqida batafsil BU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!