Biror grant, universitet yoki dasturga hujjat topshirishda elektron pochtangiz (email) boʻlishi lozim.
Deyarli barcha dasturlar qabul qilingan yoki qilinmaganingizni faqat elektron pochta orqali xabar qiladi.
Shu sababli biror dastur/grantga ariza toldirishda faqat oʻzingiz chindan ishlatadigan va login hamda paroli esingizda boʻlgan elektron pochta manzilini yozing.
Baʼzilar arizani toʻldirishda paroli esidan chiqib ketgan yoki umuman mavjud boʻlmagan emailni yozib yuboradi. Keyin natijani bilolmay sarson boʻladi. Siz aslo bunday qilmang!
Agar dasturga ariza topshirishda email soʻralsa va emailingiz boʻlmasa, avval email ochib, email manzili va parolini tayinli joyga yozib qoʻyib, keyin ariza topshiring.
Shuningdek, email siz oʻylagandan koʻra jiddiy qabul qilinishi mumkin. Shu sababli email manziliga imkon qadar oʻzingizning ism-familiyangizni yozing.
Masalan, EshmatovToshmat@gmail.com yoki EshmatovT@gmail.com yoxud Eshmatov_Toshmat@maill.ru va h.k.
Imkon qadar email manzili uchun jiddiy boʻlmagan nom tanlamang. Jiddiy boʻlmagan nomlarga quyidagilar kiradi:
1. Har xil hayvon, jism, soʻz va h.k.larni oʻz ichiga olgan emaillar. Masalan: BlackStar07@mail.ru, ScorpionLove@gmail.com va h.k.
2. Raqamlarni, ayniqsa, koʻp raqamlarni oʻz ichiga olgan nom. Masalan, Eshmatjon1111@gmail.com, Toshmatgul_0909@mail.ru va h.k.
Agar hali ham emailingiz boʻlmasa, bugunoq ochib oling.
Ishlatish uchun Gmail ochishni tavsiya qilamiz. Biroq istasangiz Mail.ru shaklidagi mail ochishingiz ham mumkin.
Gmailni uchun BU YERDA, Mail.ru shaklidagi emailni esa BU YERDA ochishingiz mumkin.