Qayerda: Samarqand, Oʻzbekiston
Kim uchun: Barcha oʻzbekistonliklar uchun
Ariza topshirish muhlati: 2022-yil 5-yanvar, 23:59 gacha
Asosiy maʼlumot
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi #GoSkillz seminar-treningiga qabul eʼlon qildi.
#GoSkillz – bu netvorking, tovarlar va xizmatlarni onlayn reklama qilish uchun yangi koʻnikmalarni egallashga qaratilgan seminar-treningdir.
Trening 2022-yilning 18-21-yanvar kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur uchun koʻpi bilan 30 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.
1-kunning birinchi yarmi timbilding va netvorking uchun ajratilgan, qolgan 2, 3, 4-kun davomida amaliy seminarlar orqali yangi media-kontent yaratish ko’nikmalaringizni rivojlantiriladi.
- Biznes, media, texnologiya va madaniyat sohasida ishlaysnggiz/ishlash niyatida boʻlsangiz va Internetda oʻz xizmatlaringiz yoki mahsulotingizni promout (targʻib) qilishni oʻylab yurgan boʻlsangiz-u, lekin qayerdan boshlashni bilmasangiz;
- Shuningdek, PR, marketing va SMMni tushunishni, inqirozli vaziyatlarda qanday kommunikatsiya (muloqot) qilishni tushunmoqchi bo’lsangiz bu trening aynan siz uchundir.
Sizni:
- Netvorking.
- Kontent yaratishning asosiy teoriyasi va amaliyoti.
- Target (maqsadli) auditoriyani aniqlash, kontent rejasini tuzish va asosiy xabarlarni yozish
- Muhokama, jamoada ishlash, ekspertlarning fikr-mulohazalari va insaytlari kutmoqda.
Semnar-trening rus va oʻzbek tillarida boʻladi.
Iqtisodiy imtiyozlar:
- Ishtirok etish bepul.
- Samarqand shahridan boshqa yerdan boʻlgan ishtirokchilar uchun yoʻl va turar joy xarajatlari qoplanadi.
- Toʻliq qatnashgan va uy vazifalarini bajargan ishtirokchilargina sertifikatlarga ega boʻladi.
Qabul jarayoni
Ishtirok etish uchun arizalar 2022-yil 5-yanvar, Oʻzbekiston vaqti bilan soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Arizani onlayn shaklda BU YERDA toʻldiring.
Qatnashish uchun arizangizning holati haqida 2022-yil 10-yanvar kuni email orqali maʼlumot olasiz. Shu sababli 10-yanvar kuni elektron pochtangizni, jumladan, elektron pochtadagi spam papkani tekshiring.
Eslatmalar:
- Seminarning barcha kunlarida ishtirok etish shart.
- Butun mashg’ulot davomida niqob kiyish majburiy.