×

#GoSkillz: Onlayn reklama koʻnikmalarini egallash boʻyicha 4 kunlik bepul kurs; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

3895 marta

CHOP ETILGAN

29.12.2021

Qayerda: Samarqand, Oʻzbekiston

Kim uchun: Barcha oʻzbekistonliklar uchun

Ariza topshirish muhlati: 2022-yil 5-yanvar, 23:59 gacha

Asosiy maʼlumot

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi #GoSkillz seminar-treningiga qabul eʼlon qildi.

#GoSkillz – bu netvorking, tovarlar va xizmatlarni onlayn reklama qilish uchun yangi koʻnikmalarni egallashga qaratilgan seminar-treningdir.

Trening 2022-yilning 18-21-yanvar kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur uchun koʻpi bilan 30 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

1-kunning birinchi yarmi timbilding va netvorking uchun ajratilgan, qolgan 2, 3, 4-kun davomida amaliy seminarlar orqali yangi media-kontent yaratish ko’nikmalaringizni rivojlantiriladi.

  • Biznes, media, texnologiya va madaniyat sohasida ishlaysnggiz/ishlash niyatida boʻlsangiz va Internetda oʻz xizmatlaringiz yoki mahsulotingizni promout (targʻib) qilishni oʻylab yurgan boʻlsangiz-u, lekin qayerdan boshlashni bilmasangiz;
  • Shuningdek, PR, marketing va SMMni tushunishni, inqirozli vaziyatlarda qanday kommunikatsiya (muloqot) qilishni tushunmoqchi bo’lsangiz bu trening aynan siz uchundir.

Sizni:

  • Netvorking.
  • Kontent yaratishning asosiy teoriyasi va amaliyoti.
  • Target (maqsadli) auditoriyani aniqlash, kontent rejasini tuzish va asosiy xabarlarni yozish
  • Muhokama, jamoada ishlash, ekspertlarning fikr-mulohazalari va insaytlari kutmoqda.

Semnar-trening rus va oʻzbek tillarida boʻladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:

  • Ishtirok etish bepul.
  • Samarqand shahridan boshqa yerdan boʻlgan ishtirokchilar uchun yoʻl va turar joy xarajatlari qoplanadi.
  • Toʻliq qatnashgan va uy vazifalarini bajargan ishtirokchilargina sertifikatlarga ega boʻladi.

Qabul jarayoni

Ishtirok etish uchun arizalar 2022-yil 5-yanvar, Oʻzbekiston vaqti bilan soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Arizani onlayn shaklda BU YERDA toʻldiring.

Qatnashish uchun arizangizning holati haqida 2022-yil 10-yanvar kuni email orqali maʼlumot olasiz. Shu sababli 10-yanvar kuni elektron pochtangizni, jumladan, elektron pochtadagi spam papkani tekshiring.

Eslatmalar:

  • Seminarning barcha kunlarida ishtirok etish shart.
  • Butun mashg’ulot davomida niqob kiyish majburiy.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!