×

Ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovi: mukofot jamgʻarmasi 60 million soʻm!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1747 marta

CHOP ETILGAN

27.01.2022

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: 40 yoshgacha boʻlgan bakalavr, magistra, doktorant va yosh tadqiqotchilar uchun

Ariza topshirish muhlati: 2022-yil 1-martgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi tomonidan talabalar (bakalavriat, magistratura), doktorantlar va yosh tadqiqotchilarni ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yangi Oʻzbekistonning isteʼdodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) qabul qilinadi:

  • texnika va texnologiya;
  • axborot texnologiyalari;
  • tibbiyot;
  • qishloq va suv xoʻjaligi;
  • arxitektura va qurilish.

Ishlanmalar 2022-yilning 24-yanvaridan 1-martigacha qabul qilinadi.

Tanlovga 40 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga taqdim etilayotgan ishlanmalarga quyidagi talablar qoʻyiladi:

  • ilmiy yangiligi (qiyosiy tahlil);
  • ishlanmaning dolzarbligi va qoʻllanish sohasi;
  • texnik iqtisodiy tavsifi;
  • ishlanmaga oid ilmiy ishlar roʻyxati (mavjud boʻlsa);
  • ishlanmaning namuna nusxasi yoki innovatsion qurilma chizmalari taqdim etiladi.

Tanlov gʻoliblari:

  • 1-oʻrin uchun 30 000 000 (oʻttiz million) soʻm;
  • 2-oʻrin uchun 20 000 000 (yigirma million) soʻm;
  • 3-oʻrin uchun 10 000 000 (oʻn million) soʻm pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasiga (nauka@edu.uz elektron manzili, telegram orqali: +9989977463721) taqdim etiladi.

Taqdim etilgan hujjatlar (ishlanmalar) yetakchi olimlardan iborat ekspertlar guruhi tomonidan mart-aprel oylari mobaynida koʻrib chiqiladi va tanlov gʻoliblarni joriy yilning may oyida eʼlon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!